Davron Abdurahmonov: "Dinamo"ga jiddiy qarshilik ko'rsatdik"
02 dek 2021 20:29
Yangiliklar
Davron Abdurahmonov: "Dinamo"ga jiddiy qarshilik ko'rsatdik"
Futzal bo'yicha Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki kunning ilk bahsida chempionlik kurashayotgan AGMK klubi "Dinamo"ga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan bahsda 3:2 hisobida olmaliqliklar g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng klub etakchi futzalchisi Davron Abdurahmonov fikrlariga quloq tutdik.
"O'yin oldidan raqib jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik. CHunki "Dinamo"da yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Kutilganidek, qiyin bahsni o'tkazdik. Ammo jamoamiz futzalchilari g'alaba qozonish uchun oxirigacha harakat qilishdi. SHu bois ularga minnatdorchilik bildiraman.
Mazkur o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim edi. Biz qolgan ikki o'yinda ham muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. Aynan shunday maqsadlarni oldimizga vazifa qilganmiz", - deya so'zini yakunladi Abdurahmonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar