So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  1 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  15 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

David De Xea: “Qurani u qadar ham yaxshi deb bo'lmaydi” Yangiliklar

David De Xea: “Qurani u qadar ham yaxshi deb bo'lmaydi”

David De Xea "MYU"ning rasmiy saytiga intervyu berdi. Quyida biz intervyuning eng qiziq joylarini taqdim etamiz.
- David, CHempionlar ligasidagi keyingi raqib "Bavariya" bo'ladigan bo'ldi. Siz bunga qanday baho berasiz?
- "Albatta, qurani u qadar ham yaxshi deb bo'lmaydi. Haqqoniy bo'lishi uchun bizga omad kulishi ham mumkin edi demoqchi edim va bu qura yumshoq aytganda u qadar ham yaxshimas. O'ylaymanki "Bavariya" dunyoning eng kuchli jamoasi va musobaqa g'olibligiga davogarligiga hech kimda shubha yo'q. Lekin biz bu holatga tayyor edik, chorak finalda oson raqibning o'zi bo'lmaydi. Aynan shuning uchun ham, biz istalgan raqib tushishiga tayyor edik. Biz ikkita uchrashuvda ham eng kuchli o'yinimizni namoyish etgan holda o'tkazishimiz kerak. Bu qiyin bo'lsa ham biz kurashishimiz kerak. Har qalay imkoniyat har doim bor".

- Bu o'yinda muxlislarimiz qanchalik katta rol o'ynashadi?

- "Olimpiakos" bilan o'ynagan o'yinimizda ular tengsiz edi. Bunday kunlarda biz doim ularga ishonishimiz mumkin. Ular hech qachon bizni yolg'iz qoldirmagan va qoldirmaydi ham. Aminmanki "Bavariya"ga qarshi o'yinda ham muxlislar bizni xuddi shunday tarzda qo'llab turadi. Muxlislar Sen bilan birga bo'lishi bu juda muhim".

- "Olimpiakos"ga qarshi kechgan uchrashuvda muxlislar sizning ismingizni kuylashganda nimalarni his etdingiz?
- "Ha, bu ajoyib bo'ldi. Stadion to'la odam sizning isminggizni aytib qo'shiq kuylashini tinglash - bu ajoyib tuygu. Ularning shu darajada qo'llagani uchun juda ham minnatdorman".

- "Bavariya" tarkibida ikki hamyurtinggiz Xavi Martinez va Tiago Alkantara o'ynashadi. Ular bilan o'yindan oldin uchrashasizmi?

- "Ha albatta. Men ular bilan ko'rishishdan Angliyada ham Germaniyada ham mamnun bo'laman. Xavi bilan ham, Tiago bilan ham iliq munosabatdaman. Umid qilamanki biz bilan o'yinga, ular yomon sport formada etib kelishadi".

- Mavsum yakunida sizlar avval "Manchester Siti" bilan so'ng esa "Bavariya" bilan o'ynaysizlar. O'yinchilar o'z kuchiga ishonadimi?

- "So'zsiz! Bu jamoa jangovor ruhi bilan dunyoga tanilgan va u hech qachon taslim bo'lmaydi. Biz hamon Evropada o'ynayapmiz va kuchli to'rtlikka kirish uchun imkoniyatlarni saqlab turibmiz. Aynan shular amalga oshishi uchun ham biz bor kuchimizni berib o'ynaymiz".

Javlonbek Yusupov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика