So’nggi yangiliklar

11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  0 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  0 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  5 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  2 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  2 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0

Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz

Toshkentning "Paxtakor" klubi transferlar oynasida braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi.

Jonatan Sikeyra 1991 yilning 8 may sanasida Braziliyaning San Migel Du Oeste shahrida tug'ilgan. 10 yoshida "Guarani" yoshlar jamoasida shug'ullana boshlagan. Oradan ikki yil o'tib, "Joinvil" akademiyasiga ko'chib o'tdi va 2010 yil kattalar jamoasi tarkibiga qo'shildi. 2015 yil u "Operario"ga ijaraga berildi. O'sha yilning mart oyida u "Nasional"ga qarshi bahsda o'z darvozasi qarshisidan raqib darvozasini ishg'ol qildi v jamoasining 2:1 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi. 

VIDEO

O'shanda aqlbovar qilmas voqea yuz bergandi. Faoliyatimdagi dastlabki golni bunday tarzda tabloga yozdirishni tasavvur ham qilmagandim. Gol bo'lgan vaziyatda yomg'ir raqibga qarshi ishladi. Men bunday zarbaga hech qachon maxsus tayyorgarlik ko'rmaganman. Bir hamkasbim bu o'yin kelajakda nabiralarimga so'zlab berishga arzigulik o'tganini aytdi.

Sikeyra mavsum so'ngida Paranaense chempionati (Braziliyaning Parana shtatidagi liga)da g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2017 yil 7 iyulda Jonatan xorijga ko'chib o'tdi va Portugaliyaning "Moreyrense" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

"Joinvil" mening ikkinchi uyimga aylangandi. Salkam 10 yil umrimni shu klubga bag'ishladim. Nimaga erishgan bo'lsam, "Joinvil" tufayli erishdim. Men u erni boshimni baland ko'targan holda tark etaman, klub boshdan kechirgan yaxshi-yomon lahzalarda borimni baxshida qilishga harakat qildim.

Jonatan "Moreyrense" safida Portugaliya chempionatidagi faoliyati davomida 2019 yil yanvar oyining eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etilgan. O'sha oy Joau Feliks eng yaxshi futbolchi deya etirof etilgan bo'lsa, turli poziciyalarda Eder Militao, Brunu Fernandesh, Diego Souzalar peshqadamlikni qo'lga kiritgan.

Шuningdek, u Portulaliya chempionati doirasida "Portu"ga qarshi o'yindan keyingi intervyusida noqulay ahvolga tushib qoldi. Gap shundaki, quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashayotgan "Moreyrense" va peshqadam "Portu" o'rtasida uchrashuvning ikkinchi bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Abdulmajid Uoris "ajdarlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq yordamchi hakam ofsaydni ko'rsatgani uchun gol inobatga olinmadi. Mazkur vaziyatdan so'ng o'yin yakunlandi. Gol o'tkazib yuborish oqibatida maysa ustida yotgan holda qo'llarini yuziga qo'yib olgan Jonatan hakamning yakuniy qarorini ko'rmay, jamoasining navbatdagi "mag'lubiyati"dan hafsalasi pir bo'lib, kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi. 

Mikst-zonada bergan intervyusida darvozabon natijadan sarosimaga tushdi. "Jamoamiz mazkur o'yinda ochko olishga loyiq edi, afsuski, buni uddalay olmadik". "O'yin 0:0 hisobida yakunlandi. Siz o'tkazib yuborgan gol inobatga olinmadi", — tuzatish kiritdi muxbir. "Men... uchrashuv so'ngida gol hisoblandi deb o'ylabman... Endi baxtliroqman", deya javob berdi u jilmaygancha.

VIDEO

Keyinchalik Sikeyra "Vitoriya" va "Riu Ave" klublari sharafini himoya qildi. "Riu Ave" tarkibida Segunda (ikkinchi divizion) chempioniga aylandi.

2025 yilning yanvarida u Toshkentning "Paxtakor" klubi azosiga aylnadi va Osiyo Elit Chempionlar ligasi doirasida Qatarning "Al Garafa" klubiga qarshi o'yinda rasmiy debyutini o'tkazdi.

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

"Men Messi yoki supermen emasman" — yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика