So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Daniyar Abduraimov: "Yosh o'yinchilaringiz yaqin orada asosiy tarkibdagilarga raqobat qila olishadi" Yangiliklar

Daniyar Abduraimov: "Yosh o'yinchilaringiz yaqin orada asosiy tarkibdagilarga raqobat qila olishadi"

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'izistonning "Erem" klubiga qarshi ikkinchi nazorat o'yini o'tkazdi va 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin "Erem" bosh murabbiyi Daniyar Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugun biz oxirgi 6 kundagi to'rtinchi o'yinni o'tkazdik. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan rejalashtirilgan nazorat o'yinlarimiz shu bilan nihoyasiga etdi. 4 o'yindan faqat bittasida g'alaba qozondik va uchtasida engildik. Demak, to'g'rilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Bu biz uchun juda foydali o'yin bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasida do'stlarimiz Bahodir (Ahmedov) va Nodir (Eliboev) murabbiylik qilishmoqda. O'yin uchun ularga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga shu tarkib bilan borasizlarmi?

- Toshkentga kelish oldidan ikki nafar asosiy o'yinchimizni yo'qotdik. Sardorimiz Adelat Qultaev va Dilshod Qadirov jarohat olishdi. Ularning har ikkisi milliy terma jamoa azosi ham hisoblanishadi. Bu yakuniy tarkibimiz. Oldindagi musobaqa uchun tarkibimizga uzog'i bitta o'yinchi kelib qo'shilishi mumkin.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yini haqida fikringiz?

- O'zim 12 yil oldin O'zbekistonda "Stroitel Zarafshon" jamoasida o'ynaganman. SHu sabab, o'zbek futzali haqida yaxshi bilaman. O'shanda ham sizlarda futzal yaxshi darajada edi. Bu yig'inga murabbiyingiz yosh o'yinchilarni chaqiribdi. Ikki o'yindan kelib chiqib aytishim mumkin-ki, murabbiylar yaxshi ishlamoqda. Bu yosh futzalchilar asosiy tarkibdagilarga yaqin vaqtlarda raqobat qila olishadi. Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev ispaniyalik Xose Mariya Mendezdan ko'p narsa o'rganishgani ko'rinib turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика