So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

JCH-2018. Avstraliya va Daniya durang o'ynadi Yangiliklar

JCH-2018. Avstraliya va Daniya durang o'ynadi

JCH-2018ning 2-turi doirasida Daniya - Avstraliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

O'YIN TUGADI. TOMONLARNING KUCHI TENG KELDI.

90+3. ZARBAAAAAAAA!!! Martin Breytveytning xavfli zarbasini darvozabon ushlab oldi.

90+2. Butun o'yin davomida Avstraliyaning kichik ustunligini ko'rdik. Biroq jamoalarning saviyasi teng.

90+1. Avstraliyaning bosimi yanada ortmoqda. Xo'sh, kim ko'proq gol urarkin...

UCHRASHUVNING ASOSIY VAQTIGA 3 DAQIQA VAQT QO'SHIB BERILDI

90. Arzani oldinga o'tib borayotgan bir vaqtda Dileyni uni yiqitdi. Biroq hakam hech nima demadi.

89. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Arzanining bir o'zi katta masofani bosib o'tdi va darvozaga zarba berdi. Darvozabon qaytardi. Keyinchalik Metyu Lekining zarbasidan keyin ham posbon o'zini ko'rsatdi.

88. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Dileynining to'p uzatishi anchagina noaniq bo'ldi.

85. O'yin tugashiga 5 daqiqa vaqt qolganida ikki tomon ham hujumga qattiq etibor bermoqda.

84. Hakamga etiroz bildirgani uchun Pione Sisto sariq kartochka oldi.

82. Korneliusning boshi bilan bergan zarbasidan keyin to'pni Rayan ushlab oldi.

81. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Arzanining chap qanotdan oshirilgan to'piga hech kim eta olmadi. Avstraliya hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi.

76. Uchrashuvni 40727 muxlis kuzatib bormoqda.

75. Metyu Lekining zarbasiga biroz kuch etishmadi. U yaxshi harakat qilgandi.

74. O'zgarish. Jarohat olgan Nabbut o'rniga Tommi Yurich tushirildi.

73. O'yin qizigandan qizimoqda. Hujumlar anchagina ko'paydi.

72. ZARBAAAAAAA!!! Sistoning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

71. ZARBAAAAAAA!!! Muyning zarbasi biroz noaniq. Avstraliya golga yaqin qolmoqda.

69. O'zgarishlar: Daniya tarkibida Yorgensen o'rniga Kornelius, Avstraliyadan esa Kruze o'rniga Arzani maydonga tushdi.

68. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!!! SHmeyxelning xatosidan keyin Leki to'pni darvoza yaqiniga tashlab berdi. Biroq Rogich zarba bera olmadi.

67. Avstraliya hujumga o'tdi. Rogich raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni sherigiga aniq oshirib bera olmadi. 

63. Martin Breytveytning noaniq o'yini natijasida Daniyaning hujumi to'xtab qoldi.

62. Ayni damda Avstraliya yana hujumga o'tishga intilmoqda.

61. Pione Sistoning chap qanotdan oshirgan to'pini avstraliyaliklar qaytarib yubordi.

57. O'zgarish. Yusuf Poulsen o'rniga Martin Bretveyt maydonga tushdi.

55. Burchakdan oshirilgan to'pdan keyin bosh bilan bir necha bora zarba berildi. Biroq bu daniyaliklarga naf keltirmadi.

54. Daniya burchak zarbasini ishlab oldi

53. Avstraliya o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Joshua Rizdonning to'p oshirishi anchagina xato bo'ldi.

52. Xavfli vaziyat! Avstraliya chap qanotdan hujum uyushtirdi. Yens Striger vaziyatni bartaraf etdi. Avstraliya bosim uyushtirmoqda.

51. ZARBAAAAAAAAAA!!! Olson raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Undan keyin Sisto zarba berdi. Biroq zarbana aniqlik etishmadi.

47. Ikkinchi bo'lim ham yuqori temp bilan boshlandi. Ikki tomon ham ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Bosh hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

43. Hozir Trent Seynsburini ochiqdan ochiq ortidan itarib yuborishdi. Biroq hakam bu safar penalti belgilamadi.

41. ZARBAAAAAA!! Jarimadan uzatilgandan keyin to'p Avstraliya futbolchisiga tegdi va o'z darvozasiga kirib ketayotganida darvozabon to'pni ushlab oldi.

40. Avstraliya yana hujumga o'tdi. Rogichning biroz noqulay poziciyada turgani tufayli vaziyat yo'qqa chiqdi.

38. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!! YEDINAAAAAAKKKKKK!!! 1:1. Mayl penaltini aniq amalga oshirdi.

36. RAHMAT VAR! Ushbu tizim orqali Avstraliya yana bir bor penalti tepadi. 

36. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Lekining boshi bilan bergan zarbasi biroz kuchsizroq chiqdi.

34. Avstraliya pozicion hujum uyushtirmoqda. Ular gol urish uchun qattiq intilmoqdalar.

32. Simon Ker raqibi Rogichni yiqitgani uchun o'yinda kichik to'xtalish bo'ldi.

30. XAVFLI VAZIYATTTTTTT!!! Leki o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi va pas berdi. Uning uzatgan to'pini Rogich darvozaga yo'llay olmadi. O'ta xavfli vaziyat bo'lgandi.

28. Metyu Leki hujumga o'tdi. Uning jarima maydonchasi ichiga xavolatib tepgan to'pi noaniq ketdi.

26. Total ustunlik Avstraliyada. Ular to'p bilan ko'proq bo'lishmoqda. Biroq Daniyada hujumlar ko'proq.

24. ZARBAAAAAA!!! Yorgensenning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Sal qoldi.

23. Rogichning zarbasi noaniq ketdi. Avstraliya o'yinni kuchaytirmoqda.

20. Avstraliya hujumga o'tgandi. Biroq jarima maydonchasi ichida Tommi Rogichni to'xtata olishdi.

17. Daniya chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgandi. Biroq futbolchi to'pga etib bora olmadi.

16. Eriksenning to'p uzatishidan keyin himoyachilar aniq o'ynashdi va vaziyatni yumshata olishdi.

15. Aaron Muy o'z jarima maydoni yaqinida qoidani buzdi. Daniyada gol urish uchun qulay vaziyat.

14. Avstraliya hujumga o'tishga qattiq intilmoqda. O'ylang, Bert Van Marveyk.

13. Endi daniyaliklar to'p bilan bo'lib, tempni tushirishga urinmoqda.

11. Avstraliya yana bir marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq bundan samara chiqmadi.

10. Nikola Yorgensenga ajoyib tarzda to'p oshirilgandi. Biroq futbolchi to'pga etmadi. Vaziyat xavfli ko'rinish olmadi.

9. Gol o'tkazgan avstraliyaliklar burchak zarbasiga ega chiqishgandi. Biroq havodan uzatilgan to'pni raqib himoyachilari qaytarib yubordi.

7. GGOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!! ERIKSENNNNN!!!! Yorgensenning chiroyli to'p uztishidan keyin Eriksen to'pni darvozaga joylab qo'ydi. 1:0!

4. Daniya bosimni oshirmoqda. Ular uzun to'p oshirishlari orqali hujum uyushtirayotgan bir vaqtda Avstraliya qarshi hujumga o'tib ketdi. Burchak zarbasi ishlab olindi. Metyu Lekining boshi bilan bergan zarbasi xavfli ko'rinish olgan bo'lsada, golga aylanmadi.



3. Uchrashuvdagi ilk zarba Tomas Dileyniga tegishli bo'ldi. Bosh bilan berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.

2. Kristian Eriksenning to'p oshirishidan keyin burchak zarbasi belgilandi.

1. Ilk daqiqalardanoq Daniya hujumga o'tdi va jarima zarbasini ishlab oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI DO'STLAR.


- Rasmiy marosimlar bo'lib o'tmoqda. Oz qoldi do'stlar.

- Ikki davlatning madhiyalari yangrab o'tdi.



- O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi.

Denmark

Christian Eriksen - 7'

World Cup Grp. C . 2-tur

21/06/2018, 17:00

1
:
1
Tugadi

Australia

Mile Jedinak - 38'

Stadion: Cosmos Arena, 40727 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
7'  Christian Eriksen
7'  Nicolai Joergensen
37'  Yussuf Poulsen
59'  Yussuf Poulsen (Martin Braithwaite)
68'  Nicolai Joergensen (Andreas Cornelius)
84'  Pione Sisto
38'  Mile Jedinak
68'  Robbie Kruse (Daniel Arzani)
75'  Andrew Nabbout (Tomi Juric)
82'  Tom Rogic (Jackson Irvine)




Daniya - Avstraliya 1:1. 40727 tomoshabin.
Gol: Kristian Eriksen (7), Mayl Yedinak (38).
Daniya: Kasper SHmeyxel, Simon Kyaer, Andreas Kristensen, Xenrik Dalsgaard, Yens SHtriger, Tomas Dileyni, Kristian Eriksen, Las SHone, Nikoles Yorgensen (Andres Kornelius, 68), Yussuf Yurari (Martin Bretveyt, 57), Pione Sisto.
Avstraliya: Met Rayan, Mark Milligan, Aziz Bexich, Rizdon, Trent Seynsburi, Aaron Muy, Mayl Yedinak, Tomas Rogich, Metyu Lekki, Robbi Kruze (Daniel Arzani, 68), Endryu Nabbut (Tommi Yurich, 74).
Ogohlantirish:  Yusuf Poulsen (37), Pione Sisto (84).

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика