So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Daler SHaripov: "O'zbekistonlik olimpiyachilar sovrinli o'rin uchun kurasha olishadi" Yangiliklar

Daler SHaripov: "O'zbekistonlik olimpiyachilar sovrinli o'rin uchun kurasha olishadi"

"Metallurg" jamoasining tojikistonlik iqtidorli futbolchisi Daler SHaripov Superliga birinchi davrasi va undan olgan taassurotlari haqida o'rtoqlashdi.

- Daler, birinchi davra yakunlandi. Bekobod jamoasi hozirda turnir jadvalining so'nggi o'rnida va Kubok bahslarini ham erta tark etdi. G'alabalar uchun nima etishmayapti?

- To'g'ri, birinchi davra jamoamiz uchun omadsiz o'tdi, ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonish imkoni bo'ldi, lekin omadsizlik sabab g'alabani qo'ldan boy berdik. Biz futbolchilar xar bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Kubokda ham kuchlar teng kechgan uchrashuvda penaltilar seriyasida "Surxon" klubiga imkoniyatni boy berdik.



- Jamoa liderlaridan biri Zabihillo O'rinboevning uzoq vaqtlik jarohatdan qaytib, ikkinchi davrada maydonga tushishi jamoaga qulaylik yaratadimi ? 

- Albatta, Zabihillo O'rinboev jamoamiz etakchisi. Ikkinchi davrada uning maydonga qaytishi hujum chizig'imizda raqobatni oshiradi. Nasib qilsa, jamoani bugungi og'ir vaziyatdan olib chiqib ketamiz.



- Tengdoshlaringiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vakillarining Olimpiada o'yinlaridagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz ?

- O'zbekiston U-23 terma jamoasi kuchli futbolchilar va yaxshi murabbiylar shtabiga ega. Nafaqat men, balki butun markaziy Osiyo davlatlari O'zbekistonga muxlislik qiladi. Aytib o'tganimdek, bu futbolchilar Olimpiadada yaxshi ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishiga, shuningdek, chempion bo'lishiga ham ishonaman.


Furqat Po'latov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика