CSKA mag'lubiyatdan qutilib qoldi, Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi
20 may 00:44
Yangiliklar


CSKA mag'lubiyatdan qutilib qoldi, Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi
RPLning 29-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - CSKA bahsi yakuniga etdi.
Bahs mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi. 10 daqiqada Vorobyov hisobni ochdi. CSKA ustozi vaziyatni tezroq o'nglash uchun birinchi bo'limning yarmidayoq Abbos Fayzullaevni maydonga tushirdi. Biroq kutilmaganda Fayzullaev "temiryo'lchilar"ning ikkinchi golidan qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va "Lokomotiv" futbolchisi bundan foydalanib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Shunga qaramay "armiyachilar" o'ziga kela olishdi va 47 hamda 80 daqiqalardagi gollar evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolishdi.
O’xshash yangiliklar
09:30
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Abbosbek Fayzullaevning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 3

Fikrlar