Corriere dello Sport Atletikka qarshi uchrashuvda Romaning asosiy hujumchisi kim bo'lishini taxmin qildi
13 mar 09:30
Yangiliklar


Corriere dello Sport Atletikka qarshi uchrashuvda Romaning asosiy hujumchisi kim bo'lishini taxmin qildi
Corriere dello Sport nashrining yozishicha,Atletikka qarshi uchrashuvda Romaning asosiy hujumchisi bo'lish uchun Eldor Shomurodovning imkoniyatlari biroz yuqori.
«Empoli»ga qarshi uchrashuvda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmaganiga qaramasdan Eldor yaxshi jismoniy holatda. Shuningdek, hujumchi «Atletik»ka qarshi kechgan birinchi uchrashuvda yaxshi harakat qildi va jamoasining g'alaba golini kiritdi.
Bundan tashqari, Eldor nafaqat hujumda balki himoyada ham jamoasiga ancha foyda keltiradi. Bu ustunliklari bo'lajak bahsda Eldorni asosiy tarkibda tushishi uchun muhim omillar bo'ladi», — deb fikr bildirilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, «Atletik» — «Roma» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tunda soat 22:45 da start oladi. Birinchi bahsda rimliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Hurmatli adminlar o'yin vaqtiga aniqlik kiritsangiz. Mendagi ilovalarda o'yin 22:45 da deb ko'rsatilgan.