So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Coca Cola Superligasi. "Qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyatli parvozi davom etadi, bu safargi qurbon "Andijon" Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyatli parvozi davom etadi, bu safargi qurbon "Andijon"

Coca Cola Superligasining 3-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

ANDIJON – BUNYODKOR 0:3 

18 mart 2023 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 17:00

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Olim To'ychiboev

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: SHohruh Said

Gol: Doniyor Abdumannopov 22, 0:1, Igor Ivanovich 35, 0:2, Usmonali Ismonaliev (Doniyor Abdumannopov) 66, 0:3

Amalga oshmagan penalti: Ildar Mamatkazin ("Andijon") 90+5. 

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Bobur Farhodov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 85), 8.Farhod Bekmurotov, 11.Sardor Abdunabiev (17.Farhod Sohibjonov, 71, 15.Vladimir Bubanya, 19.Suhrob Berdiev (10.Ilhom Abdug'aniev, 71), 21.Ildar Mamatkazin (s), 22.SHahboz Erkinov (88.Nodari Kavtaradze, 71), 26.Muhammadkarim Toirov, 91.Axtam Nazarov.

Zaxira: 12.Mohir Komilov, 4.Dilshod Komilov, 6.Asilbek Aysarov, 14.Abdurahmon Komilov,  66.Ilhom Alijonov, 

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 4.Davronjon Ergashev (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Akbar Ismatullaev (10.Rasul Yo'ldoshev, 62), 8.SHohruh Abdurahmonov (25.Muhammad Safo Fozilov, 86), 11.Igor Ivanovich ( 99.Umid Sultonov, 86) 17.Viktor Sotnikau, 22.Usmonali Ismonaliev, 33.Doniyor Abdumannopov (Jasur Hakimov, 68) 34.Suhrob Izzatov.

Zaxira: 44.Islom Asrolov, 5.Jasur Yoqubov, 29.Muzaffar Olimjonov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 45.Farhod O'tkirov,

MATNLI TRANSLYACIYA


Bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Doniyor Abdumannopov. 


90+5. SULTONOOOOOOOOV. Suhrob Sultonov Ildar Mamatkazinning zarbasini qaytardi. Kiper bugun o'z maqsadiga erishdi, yani darvozasining dahlsizligini saqlab qoldi. 

90+4. PENALTI, "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Usmonali Ismonaliev jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi, deb topildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Igor Ivanovich o'rniga Umid Sultonov, SHohruh Abdurahmonov o'rniga Muhammadsafo Fozilov tushdi. 

85. O'ZGARISH. "Andijon", Bobur Farhodov o'rniga Izzatilla Abdulxaqov tushdi. 

82. "Andijon" ayni daqiqalarda bosimni oshirdi. Bir nechta zarbalar yo'llandi. 

74. ZARBAAAAAA. Ivanovichning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Usmonaliev qaytgan to'pga zarba berdi. Noaniq. "Bunyodkor" va Doniyor "yorishmoqda"!

71. O'ZGARISH. "Andijon", Sardor Abdunabiev, SHahboz Erkinov va Suxrob Berdiev o'rniga maydonga Farhod Sohibjonov, Nodari Kavtaradze va Ilhom Abdug'aniev tushdi.

68. O'ZGARISH. "Bunyodkor"da o'zgarish. Doniyor Abdumannopov o'rniga maydonga Jasur Hakimov tushdi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Doniyor Abdumannopovning zarbasini Litovka qiyinchilik bilan qaytardi, qaytgan to'pni Usmonali Ismonaliev darvozaga ikki urinishda aniq yo'lladi. Doniyor bugungi o'yinning shubhasiz eng yaxshi futbolchisi. "Bunyodkor" uchinchi golni ham urdi.

62. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Akbar Ismatullaev o'rniga Rasul Yo'ldoshev tushdi. 

56. Yana Doniyor. U bugun juda faol. Jarima maydonchasi ichiga kirdi, qarorini esa hech kim tushunmadi. 

55. ZARBAAAAAAA, XAVLIIIII VAZIIIYAYAYAYAYAT. Usmonali Ismonaliev o'ng qanotdan kirib borib zarba to'pni qulay tarzzda uzatib berdi, keskinlik yuzaga keldi. Noskoning zarbasini darvozabon qaytardi. 

52. Doniyor Abdumannopovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilganga o'xshadi. Nasibullaev VAR bilan gaplashdi, hammasi joyida. 

51. Aleksandr Xomyakov tanaffusda shogirdlarini "shirin" gaplar bilan siylagan ko'rinadi, ancha jonli o'ynashyapti. 

50. Suhrlb Sultonov Ahtam Nazarovning zarbasini bartaraf etdi. "Bunyodkor" himoyachilari sarosimada. 

49. "Andijon" pressingni kuchaytirdi. Hujumlar soni oshdi. 

46. "Andijon"da jarima zarbasi. Bobur Farhodovga nisbatan jarima maydonchasi chizig'iga yaqingina joyda qo'pollik ishlatildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Toshkentda final, Farg'onada Superliga nafasi. Ikkisi ham o'ziga yarasha muhim. "Andijon" muxlislarini esa ayni paytda boshqa o'yin qiziqtirmaydi. Ular gol kutmoqda. 

40. O'yin nazorati butunlay "Bunyodkor" tomoniga o'tdi. "Andijon" uyg'onishi kerak!

To'p nazorati: 48-52%


35. GOOOOOOOOOOOOOL. IVANOOOOOOOOOOOVICH. Igor Ivanovich ketma-ket ikkinchi o'yinda penaltini aniq amalga oshirmoqda.

35. PENALTI. "Bunyodkor" foydasiga. 

34. PENALTI YOKI JARIMA TO'PI? Doniyor Abdumannopov yiqitildi. VAR qarori eshitilmoqda. 

32. "Andijon"ning zarbalari aniq bormayapti. "Burgutlar"da esa bugun g'alabadan boshqa yo'li yo'q. Yutish uchun esa gol urish kerak. 

31. "Bunyodkor"ning hujumlari keskin tus olmoqda. Oldingi chiziqda vaziyatlar ko'p yaratyapti. 

30. ZARBAAAAAAAAA. Igor Ivanovichning chap qanotdan uzatib berilgan to'pdan so'ng boshi bilan bergan zarbasi juda va juda xavfli chiqdi. 

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Andijon" himoyachilarining xatosidan so'ng Doniyor Abdumannopov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi. CHiroyli gol. 

19. "Bunyodkor" darvozaboni ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. U darvozasi dahlsizligini saqlab qolishni istamoqda. 

16. "Andijon" hujum qilyapti. Hujumlar samarasiz. Aleksandr Xomyakov hujumkor uslubni tushirgan. 

6. O'yin maydon markazida kechmoqda. Farg'onada ajoyib futbol o'ynaydigan havo. 

3. ZARBAAAAAAAAAAA. SHahboz Erkinovning zarbasini Suhrob Sultonov qaytardi. Sultonov hozircha vaziyat qahramoni. Seyvning injig'i bo'ldi o'zi ham. 

O'yin boshlandi. 

- Madhiya yangradi. 

- Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика