So’nggi yangiliklar

02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  5 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  4 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  25 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  24 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  14

Coca Cola Superligasi. 21-tur laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 21-tur laureatlari

Kuni kecha Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


"Surxon" bu tur Olmaliqda chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durangga erishdi. Termizliklar posboni shu kuni o'z mahoratini ko'rsatib, darvozani munosib ravishda qo'riqladi va bir necha bor jamoasini gollardan qutqardi. SHu bois, "Surxon" darvozaboni Azizxon Isoqov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 21-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.



"Surxon"ning "Paxtakor" bilan bahsda durang qayd etishi katta sensaciya sifatida qabul qilindi. Ligada qolish uchun kurashayotgan termizliklar chempionlikka kurashayotgan "sherlar"ga munosib qarshilik ko'rsatishdi va o'zlari uchun muhim bir ochkoni qo'lga kiritishdi. SHunday qilib, Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Migel Alvares 21-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.



Bu turda "Neftchi" yarim himoyachisi Izzatilla Abdullaev "Olimpik"ka qarshi bahsda ajoyib jamoviy hujumni yakunlab chiroyli gol urdi va tur goliga mualliflik qildi.






"Surxon" darvozaboni Azizxon Isoqov uchun "Paxtakor"ga qarshi bellashuv o'zgacha ahamiyat kasb etardi. Sababi ushbu klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan darvozabon shu yil yozda "Surxon"ga ko'chib o'tdi. Isoqov "Paxtakor" safida Superligada bironta o'yinda maydonga tusha olmagandi. 21-turda "sherlar"ga qarshi bahsda yaxshi o'ynagan Azizxon Isoqov Championat.asia talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика