So’nggi yangiliklar

12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  0 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  1 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  1 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  2 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучли амбицияга эга клуб сафида тўп тепиш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  7 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  26 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2

Coca Cola Superligasi-2023. "Buxoro" ogohlantirilish bo'yicha etakchi, sariq libosda o'ynaydigan jamoa esa eng tartiblisi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi-2023. "Buxoro" ogohlantirilish bo'yicha etakchi, sariq libosda o'ynaydigan jamoa esa eng tartiblisi

Futbolchilardan tashqari murabbiylarga ko'rsatilgan kartochkalar ham inobatga olingan.

Reytingni keltirishdan avval, shuni takidlash joizki, ogohlantirishlar soni futbolchilar bilan birgalikda murabbiylarga ko'rsatilgan holatlarda ham qayd etilgan. SHuningdek, bir futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatilgan taqdirda, ko'rsatilgan ikkinchi kartochka sanog'imizdan o'rin olmagan va chetlatishlar soniga qo'shilgan.

Ortda qolgan mavsum davomida "Buxoro" azolari hakam tomonidan 63 marotaba ogohlantirilgan, bu eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. SHu bilan birga, klub biror uchrashuvni kartochkasiz tark etmagan.

Buxoroliklar 6-tur doirasidagi "Olimpik"ga qarshi bahsda futbolchi va murabbiylarni qo'shib hisoblaganda 5 ta sariq kartochka ishlab olgan bo'lib, bu jamoaning eng ko'p ogohlantirilgan uchrashuvi hisoblanadi.

Eng tartibli jamoa esa "Surxon" hisoblanib, termizliklar 42 marotaba hakamning quyoshrang kartochkasi bilan jazolangan. Klub uchta o'yinni kartochkasiz o'tkazgan.

Bir o'yinda eng ko'p sariq kartochka ishlash bo'yicha esa "So'g'diyona" peshqadam bo'lgan. 16-turdan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi bahsda jizzaxliklarning 7 vakili ogohlantirilgan.

1."Buxoro" — 63 sariq kartochka;

2."So'g'diyona" — 61 sariq kartochka;

3."Paxtakor" — 57 sariq kartochka;

4."Neftchi" — 57 sariq kartochka;

5."Andijon" — 57 sariq kartochka;

6."Olimpik" — 56 sariq kartochka;

7.OKMK — 55 sariq kartochka;

8."Turon" — 55 sariq kartochka;

9."Navbahor" — 52 sariq kartochka;

10."Qizilqum" — 51 sariq kartochka;

11."Metallurg" — 50 sariq kartochka;

12."Bunyodkor" — 49 sariq kartochka;

13."Nasaf" — 45 sariq kartochka;

14."Surxon" — 42 sariq kartochka.

Coca Cola Superligasi-2023. Eng ko'p burchak zarbasi amalga oshirgan jamoani bilasizmi?

Coca Cola Superligasi-2023. Eng ko'p zarbani Toshkent klubi yo'llagan, aniqlik bobida esa vodiy jamoasi etakchi 

Superliga. 2023 yilning umumiy statistikasi

Coca Cola Superligasi. Ikkinchi davraning esda qolarli lahzalari

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика