So’nggi yangiliklar

18:44ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" (матнли трансляция)  45 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  6 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  8 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  7 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  15 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  11 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   252 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  6 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  20

Coca Cola Superliganing 10-tur uchrashuvlari qoldirildi Yangiliklar

Coca Cola Superliganing 10-tur uchrashuvlari qoldirildi

Teglar :  Coca Cola Superliga
Coca Cola Superliganing uch klubi - “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda o'ndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor.

Mazkur holat Superliga uchrashuvlarini qayta tiklash oldidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan yo'riqnoma shartlariga klublar tomonidan rioya qilish sustlashganini anglatadi.

Bugungi kunda vaziyat murakkab ekani sir emas. Bir tomondan futbol uchrashuvlarini to'xtatish — ortga tashlangan qadam bo'ladi. Bu holat turli yosh terma jamoalarning xalqaro maydondagi o'yinlariga ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. Boshqa tomondan esa futbolchi va murabbiylarning, umuman futbol jamoatchiligining sog'ligi bilan bog'liq jihatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ular nafaqat o'z salomatliklarini, balki oila-azolari sog'ligini ham xavf ostida qoldirishlari mumkin.

O'zPFL yuqoridagi fikrlardan, qolaversa, bugun — 20 iyul kuni klublar ishtirokida bo'lib o'tgan videokonferenciya xulosalaridan kelib chiqib, quyidagi qarorlarni qabul qiladi.

Coca Cola Superligasi uchrashuvlari 28 iyulga qadar to'xtatiladi va shu kuni chempionat 10-turdan boshlab davom ettiriladi. Taqvimning keyingi ehtimoliy ko'rinishlari alohida muhokama etiladi. TV dasturlar vaqtiga halal bermaslik maqsamida 10-tur uchrashuvlarining barchasi 19:00 da start oladi.

Unga qadar Superliganing barcha klublari bor diqqat-etiborini futbolchilar salomatligiga qaratadi. Klublarning barchasi xususiy klinikalar bilan hamkorlikda test topshiradi. Bunda O'zPFL o'zi ro'yxatdan o'tkazgan barcha futbolchi va murabbiylar test topshirganiga ishonch hosil qilishi kerak bo'ladi. Test javoblarini to'liq taqdim etmagan klublar qolgan jamoalar futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldirmaslik uchun musobaqaga qo'yilmaydi.

Test topshirgan va uning natijalariga ko'ra virus aniqlanmagan futbolchilar klub qarorgohiga joylashtiriladi. Ular karantin tartibi yumshatilguniga qadar mashg'ulotlar va o'yinlarga o'z bazalaridan qatnaydi. Boisi, ularning shahar bo'ylab erkin harakat qilishi, futbolchilar salomatligini, buning ortidan esa chempionat o'yinlari davomiyligini xavf ostida qoldirishi mumkin.

O'zPFL avgust oyidagi uchrashuvlarni qanday tashkil qilish va taqvimga qanday o'zgartirishlar kiritish ustida ish olib boradi. SHuningdek, o'z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari hamda shifokorlariga nisbatan keskin choralar ko'riladi. Virus tarqalishini suniy ravishda sir tutayotgan klublarga nisbatan SES bilan hamkorlikda ish ochiladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика