So’nggi yangiliklar

15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  3 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  1 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  30 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  11 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  12 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  12 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1

Coca Cola Superliga. So'nggi 4 tur haqida kim qanday fikrda? Yangiliklar

Coca Cola Superliga. So'nggi 4 tur haqida kim qanday fikrda?

Teglar :  PFL
O'zPFL Superliganing so'nggi 4 ta tur uchrashuvlarini qanday tartibda o'tkazish borasida barcha klublarning birlamchi takliflarini o'rganib chiqdi.

Unga ko'ra, 8 ta klub — “Qizilqum”, “Qo'qon-1912”, “Paxtakor”, “Buxoro”, “Surxon”, “Metallurg”, “Mashal” hamda "Lokomotiv” futbol klublari xuddi I davradagi bo'lgani kabi, so'nggi to'rt tur uchrashuvlarini ham markazlashtirilgan tartibda o'tkazish taklifini bergan.

SHuningdek, 5 ta klub — AGMK, “So'g'diyona”, “Nasaf”, “Navbahor” va “Andijon” klublari neytral maydonlar masalasini ilgari surgan. Va faqatgina “Bunyodkor” futbol klubi uchrashuvlar taqvimda qanday aks etgan bo'lsa, shunday qolishini istagan.

O'zPFL markazlashtirilgan taqvim ayni holatda “Paxtakor”, “Surxon”, “Metallurg” va “Lokomotiv” futbol klublariga qulaylik tug'dirishini, ayrim jamoalar uchun esa moddiy tarafdan qimmatga tushishini inobatga oladi. SHuningdek, so'nggi to'rt tur uchrashuvlari uchun poytaxtdan qo'nim topishni rejalashtirgan jamoalar taklifini ham nazarda qochirmaslikka harakat qiladi.

SHundan kelib chiqib, yangi ilova klublarga yuborildi. Bunda neytral maydonlarni afzal bilgan klublar taklifi inobatga olingan. Qo'shimchasiga, uchrashuvlarini poytaxt va Toshkent viloyatida o'tkazish istagini bildirgan klublar uchun ham iloji boricha qulayroq maydonlar ko'rsatib o'tilgan.

O'zPFL jamoalar o'z uchrashuvlari joyini tez orada tasdiqlashlarini kutadi. SHu asosda noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin bo'lib o'tadigan so'nggi to'rt tur taqvimi ishlab chiqiladi hamda bu borada Sport-TV kanali bilan fikr almashilinadi.

O'zPFL qiyin sharoitda ham chempionat uchrashuvlarini to'liq hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda adolatli o'tkazishga intilayotgan o'z azolariga minnatdorchilik bildiradi.


P.S. PFL so'nggi to'rt turni quyidagi stadionlarda o'tkazish bo'yicha klublarga taklif yuborgan. 



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика