So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  1 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  11 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  2 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  13 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  46 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

Coca Cola Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan va penalti bekor qilingan o'yinda "Metallurg" G'ofurbekovning supergoli evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan va penalti bekor qilingan o'yinda "Metallurg" G'ofurbekovning supergoli evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga, 3-tur

METALLURG – QIZILQUM 1:0
19 mart 2023 yil. Bekobod, "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Akmal Rahimov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Edita Mirobidova
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: 1:0 — 58, SHahzodbek G'ofurbekov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Bektemir Abdumannonov (77.Asilbek Qayumov, 90), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 21.Abdujalil Manazarov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 55.Filip Stamenkovich, 91.Marko Obradovich (7.Husniddin G'ofurov, 73), 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 35.Samandar Muratbaev, 5.Muhammadbobir Mo'ydinov, 15.Rian Islamov, 19.Ergash Ismoilov, 23.Behruz SHodmonov, 26.Mirkomil Abdurazzoqov.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 2.Avazxon Mamatxo'jaev (30.Islom Toshpo'latov, 78), 4.Ilhom Vahobov, 5.Samandar SHukurillaev, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Islom Kenjaboev, 11.Jasur Xolto'raev (26.Viktor Mbaoma, 78), 13.Nikolay Tarasov, 24.Ifeani Ifeani, 77.Oybek Nurmatov (75.Oleg Tolmasov, 45), 87.Alisher Sanoev (23.SHerali Jo'raev, 68)
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.Humoyun Abdualimov, 25.Azizbek Usmonov, 79.Diyor Rahmatilloev. 

Ogohlantirishlar: Ifeani Ifeani (10), Xudoyshukur Sattorov (22), Muhammadali Aliqulov (45), Avazxon Mamatxo'jaev (67), Islom Kenjaboev (71)

CHetlatish: Nikolay Tarasov (41)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI.

90+3. "Metallurg" safida o'zgarish: Asilbek Qayumov Bektemir Abdumannonovning o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Kenjaboev dastlab to'p bilan stadiondan tashqariga chiqib ketdi, so'ngra o'yindan ham tashqarida qolganini bilib oldi.

82. Husniddin G'ofurov tepgan to'pi golga aylanishi uchun sal qolishiga sal qoldi.

78. "Qizilqum"da ikki o'zgarish: Jasur Xolto'raev va Avazxon Mamatxo'jaev o'rniga Viktor Mbaoma va Islom Toshpo'latov maydonga tushirildi.

73. "Metallurg" safida o'zgarish: Husniddin G'ofurov Marko Obradovichni almashtirdi

71. Islom Kenjaboev ogohlantirildi.

68. "Qizilqum"da o'zgarish: Sanoev o'rniga Jo'raev maydonga tushirildi.

67. Mamatxo'jaev birinchi bo'limda bekor qilingan sariq kartochkasini baribir o'ziniki qildi.

65. To'p uchun kurashda ikki jamoasi futbolchilari kalla urishtirishdi.

64. Aliqulov to'pni to'xtatishda mening 1-sinfdagi paytimdagiga o'xshatib harakat qildi.

58. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! G'ofurbekov kuchli zarbasi bilan og'zimdagi "Orbit"ni tushirib yubordi. 

55. Hakam "jonli devor"da turgan futbolchilar yoniga yaqinlashishi bilanoq maydonga dezodorantga o'xshagan suyuqlik sepdi. Mehmonlarning jarima zarbasi esa maydonga sepilgan ko'pik singari havoga uchib ketdi.

52. Aliqulov darvoza ortida zerikkancha uyqusirab turgan bolakayga to'p oshirdi.

47. Ilyosov to'pga chiqishda xatolikka yo'l yo'qdi, so'ngra xatosini to'g'rilash uchun to'pga oyoq qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. Hakam o'zi bilan tortishgan Aliqulovga Tarasovga o'xshashni xohlaysanmi degandi, bekobodliklar o'yinchisi tinchlandi.

45+3. "Qizilqum"da o'zgarish: Nurmatov o'rniga Oleg Tolmasov maydonga tushirildi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Penalti va sariq kartochka bekor qilindi. Qizil kartochka esa o'z kuchida qoldi.

41. "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgilandi. Qoida buzgan Mamatxo'jaev ogohlantirildi. Tarasov, adashmasam, "Hey, fuuu"ga o'xshash jumlani ishlatgani uchun chetlatildi. VAR vaziyatni o'rganmoqda.

40. "Seniyam davolashi, seniyam davolashadi..." Endi davolanish navbati Tarasovga keldi.

36. SHifokorlar maydon chizig'idan tashqariga chiqmasa ham bo'lardi, har ikki daqiqada boshlovchi ga o'xshab faqat shularni ko'ryapmiz.

31. Bugungi o'yin faqat yiqilishlar bilan qizimoqda. Hozirgi vaziyatda ham bekobodliklar posboni bilan Xolto'raev "tashlashib" qoldi.

29. SHahzodbek G'ofurbekov judayam chiroyli noaniq zarba yo'lladi.

24. Kenjaboev markazdan raqib jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, darvozabondan qaytgan to'pga esa Xoldorxonov "Harri Maguayr" deydigan harakat amalga oshirdi. 

To'p nazorati: 45%-55%

22. Xudoyshukur Sattorov oyoqbosdi marosimida ishtirok etgani uchun ogohlantirildi.

18. "Qizilqum" tomonidan tashkil etilgan xavfli hujumning yakunini keyingi hujumlarda ko'radigan bo'ldik.

14. Kenjaboevning uzatmasiga faqatgina tribunaning eng yuqorisida o'tirgan kishi etib bora olardi.

10. Ismi bilan familiyasi bir bo'lgan Ifeani raqibning butsasi va to'p rangi bir xil ekanligini farqiga bormagani uchun ogohlantirildi.

5. To'p-patrul hodisasi yuz berdi. Bir futbolchi u yondan, biri bu yondan keldi va... bir qarasam, ikkalasi ikki yonga dumalab yotibdi.

2. Dastlabki zarba ham mezbonlar tomonidan yo'llandi.

1. Uchrashuv qurbonlik bilan boshlanishiga sal qoldi. Yarim daqiqa o'tar-o'tmas mezbonlar o'yinchisi jabrlandi.

Bugun "Metallurg" ko'k, "Qizilqum" qizil rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, futbol ishchibozlari! Bugun yakshanba, boshliqlargan gap eshitmaydigan kun. Tashqarida bahor havosi. Yoshlar uchun romantika, bizlar uchun esa futboltika. Bugun dam olish, ishim ko'p deyishga bahona yo'q, shu bois futbol ko'rish kerak, tamom.  

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика