So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  2 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

CHilonzordagi "Lokomotiv kids" faoliyatidan reportaj Yangiliklar

CHilonzordagi "Lokomotiv kids" faoliyatidan reportaj

Teglar :  Lokomotiv kids
O'z oldiga har jabhada o'rnak bo'lish maqsadini qo'yadigan "Lokomotiv" professional futbol klubi bolalar futboliga alohida ahamiyat berib kelmoqda.

SHu yilning aprel oyida poytaxtimizning CHilonzor tumanida "Lokomotiv" bolalar va o'smirlar futbol maktabiga qarashli "Lokomotiv kids" filiali tashkil qilinib, bugungi kunda mazkur filialda 60 nafarga yaqin yoshlar "millionlar o'yini" bilan shug'ullanib kelmoqda.

Suniy qoplamali maydon o'lchami 50x50 bo'lib, bolakaylarning shug'ullanishi hamda futbol o'ynashlari uchun mos maydon hisoblanadi. Ayni payt "Lokomotiv kids"da futbolchilar o'z yosh toifasiga ko'ra, to'rtta guruhga bo'lingan holda mashg'ulot olib boryapti: 5-6, 7-8, 9-10 va 11-12 yoshlilar. Umuman olganda "Lokomotiv kids" filialiga 5 yoshdan 14 yoshgacha bolalarni qabul qilish ko'zda tutilgan. 

Mashg'ulotlar haftasiga uch marta olib boriladi, bundan tashqari har yakshanba o'yinlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda Akmal Elmurodov, Farrux SHomurodov, Amir Sadullaev kabi murabbiylar qo'l ostida bolajonlar futbol sir asrorlarini o'rganmoqda. 

"O'zim ham "Lokomotiv"da to'p tepganim uchun bu klubga befarq emasman. Avvaliga futbolchi sifatida faoliyat olib bordim, hozir esa "Lokomotiv" futzal jamoasida o'ynab kelyapman. Yaxshi niyatlar bilan qarovsiz yotgan erni olib, maydon qurdik va sekin-asta futbolga qiziquvchi bolalarni jalb qila boshladik. "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov maslahati bilan "Lokomotiv" futbol maktabi filialini tashkil etdik va "Lokomotiv kids" deb nom berdik. Bizga yaqindan yordam berib kelayotgan To'labek Abrarovichga katta rahmat, nasib qilsa "Lokomotiv kids"dan kelajakda "Lokomotiv" uchun o'ynaydigan zo'r futbolchilar etishib chiqadi", - deydi filial rahbari Bobur Ergashev. 

Malumot uchun, "Lokomotiv kids" CHilonzor tumani 18-mavzeda (Orientir - "Parlament" kafesi) joylashgan bo'lib, farzandini futbolga bermoqchi ota-onalar filial rahbari Bobur Ergashevga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun: +998909020801

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика