So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

CHempionlar ligasi uchun kurash. "Arsenal" vs "Manchester Yunayted" Yangiliklar

CHempionlar ligasi uchun kurash. "Arsenal" vs "Manchester Yunayted"

Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da "Emireyts" stadionida "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning 36-tur uchrashuviga start beriladi.

Ushbu bahs CHempionlar ligasi uchun kechayotgan qizg'in kurashga oydinlik kiritishi mumkin. Ayni damda turnir jadvali quyidagi holatda:


To'liq jadval va to'purarlar ro'yxati bilan bu erda tanishasiz: APL TURNIR JADVALI


Tarkibdagi yo'qotishlar

Ushbu bahsda mezbonlar yarim himoyachisi Granit Jakaning ishtirok etishi so'roq ostida, biroq himoyachi SHkordan Mustafi mashg'ulotlarga qaytdi va posbon David Ospina ham sog'.

"Manchester Yunayted" safida Maruan Fellayni va Eshli Yang uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Belgiyalikda diskvalifikaciya bor, Yang esa jarohatini davolamoqda. Timati Fosu-Mensaning ishtirok etishi so'roq ostida, Markus Rashfordda esa kichik shikastlanish bor.


Qiziqarli malumotlar

  • "Arsenal" o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"ni 3:0 hisobida taslim etdi, ammo bu muvaffaqiyat Premer-liga doirasida "qizil iblislar"ga qarshi o'tkazilgan so'nggi 11 uchrashuvdagi ilk g'alaba hisoblanadi (4 ta durang, 6 ta mag'lubiyat).
  • Ueyn Runi "Arsenal"ga qarshi bahslarda 11 ta gol urgan va u Premer-liga tarixida "to'pchilar" darvozasini eng ko'p ishg'ol etgan futbolchi hisoblanadi.
  • Joze Mourino "Arsenal"ga qarshi 12 ta Premer-liga uchrashuvida biror marotaba mag'lub bo'lmagan (5 ta g'alaba, 7 ta durang)
Murabbiylarning qisqacha fikrlari

Arsen Venger: "Biz o'z o'yinimizga etibor qaratamiz. Jamoamizda g'alaba qozonishdan boshqa yo'l yo'q".

Joze Mourino: "Biz "Arsenal"ga qarshi bahsda 5:0 yoki 6:0 hisobida g'alaba qozonamiz deymayman. Natija uchun kurashamiz".



Statistika: "Arsenal" - "Manchester Yunayted"

O'zaro uchrashuvlar soni: 49

G'alabalar: 12 - 22

Durang: 15


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 uchrashuv:

19.11.2016

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 1:1


28.02.2016

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 3:2


04.10.2015

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:0


17.05.2015

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 1:1


22.11.2014

"Arsenal" - "Manchester Yunayted"


To'purarlar: Aleksis Sanches (19 ta gol) - Zlatan Ibragimovich (17 ta gol)


Assistentlar: Aleksis Sanches (9 ta) - Ander Errera (6 ta)


Paslar: Granit Jaka (1925 ta) - Pol Pogba 2139 ta


Ushbu uchrashuvda kim g'olib chiqadi? Taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика