"Chelsi"ga "Milan" etakchisi kerak
12 mar 20:47
Yangiliklar
"Chelsi"ga "Milan" etakchisi kerak
"Chelsi" hali ham "Milan" forvardi Rafael Leauga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotmagan.
"TodoFichajes" malumotiga ko'ra, London klubi 2025 yilgi yozgi transferlar oynasi vaqtida Leauni sotib olishni asosiy o'ringa olib chiqadi.
Qishda ham "Chelsi" futbolchi uchun "Milan"ga taklif bilan chiqqan, biroq Italiya klubi 75 mln evrolik taklifni rad qilgandi. "Rossoneri" yulduz futbolchisini 100 mln evrodan kamiga sotmaydi.
Leauga, shuningdek, "Manchester Yunayted" va "Barselona" ham qiziqish bildirgan, biroq hozircha futbolchiga taklif bilan chiqmagan.
Leau "Milan" tarkibida umumiy hisobda 249 o'yinda qatnashib, 68 gol va 54 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar