So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  6 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  2 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

"CHelsi"dan ketishi kerak bo'lgan 5 futbolchi Yangiliklar

"CHelsi"dan ketishi kerak bo'lgan 5 futbolchi

Teglar :  CHelsi
O'tgan mavsumdagi chiroyli ishtirok va chempionlikdan keyin Antonio Konte jamoasi bu yilgi chempionatda sust ishtirok etmoqda.

Ko'rinib turibdi, bu mavsumda "aristokrat"lar tarkibida bir necha futbolchilar o'z o'rnini yo'qotib qo'ygan. Biz ushbu mavsumdan keyin "CHelsi"ni tark etishi kerak bo'lgan 5 futbolchi haqida fikr yuritamiz.

5. DAVID LUIS

David Luisning "CHelsi"dagi vaqti o'tdi. O'tgan yilning noyabr oyidan keyin Kontening braziliyalik futbolchiga bo'lgan ishtiyoqi yo'qoldi.

U yanvardayoq jamoani tark etishi mumkin edi. O'sha vaqtda ham u asosiy tarkibdan tushib qolayotgandi. "Arsenal" futbolchi bilan aloqaga chiqqandi. SHuningdek, "Yuventus" va "Real" kabi klublar ham uning xizmatlariga qiziqish bildirgandi. Biroq Luiz yozda jamoani tark etishga qaror qildi.

4. GARI KEXILL

Gari Kexill "CHelsi"ning sardori, biroq u bu mavsumda yaxshi harakat qila olmadi. Agarda u shu tarzda davom etadigan bo'lsa, rahbariyat Kexillni jamoada saqlab qolmasa kerak.

Kurt Zuma navbatdagi mavsumda uning o'rnini egallashi kutilmoqda. Kexill asosan turnir jadvalining so'nggi pog'onalarini egallab turgan jamoalar bilan uchrashuvda ilk daqiqalardan maydonga tushmoqda. Qolgan vaqtlarda esa Konte Kristensenning xizmatlaridan foydalanmoqda.

Qishda Kexillni "Vest Xem", "Kristal Pelas" va "Aston Villa" kabi klublar nishonga olgandi. Biroq u jamoasida qolishni afzal ko'rdi.

3. SESK FABREGAS

Fabregas ham "CHelsi"dan ketishi kerak, u bunga tayyorlanmoqda. Bu mavsumda unga o'zini ko'rsatishi uchun ko'p imkoniyat berilmadi.

Uning shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. "Ko'klar" uning o'rniga Ross Barkli bilan shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi bir yillik shartnomasi qolganiga qaramasdan jamoani tark etish ehtimoli yuqori. O'tgan yozda "Milan", "Inter" va "Yuventus" kabi klublar u bilan aloqaga chiqishgan va transfer ishlarini muhokama qilishgan.

2. MISHI BATSHUAYI

Batshuayi "CHelsi"da o'zini ko'rsata olmadi. Sababi u jamoada unga etarlicha vaqt berilmadi.

"Aristokrat"lar mavsum boshlanishida Alvaro Moratani sotib oldi va Mishini Dortmundning "Borussiya"siga ijaraga berib yubordi. Hujumchi o'sha erda Jahon chempionati uchun tayyorlanmoqda va tajriba orttirmoqda.

Morata va Jiru "CHelsi"ning hujumida o'ynamoqda. Agarda Mishi Londonga qaytadigan bo'lsa, yana oldingi holatiga tushadi. Dortmund jamoasi esa yozda uning transfer huquqini sotib olishi kerak.

1. DENNI DRINKUOTER

"CHelsi" "Lester"ning ikki yarim himoyachisini transfer qildi: N`Golo Kante va Denni Drinkuoter. Kante jamoada o'z o'rnini topib keta oldi. Angliyalik futbolchi esa deyarli o'ynamayapti.

Yarim himoyachi yozda jamoani tark etishi aniq bo'lib qolgan. Yangi klubi esa "Vest Xem" bo'lishi mumkin.

"CHelsi" esa keyingi mavsum uchun Ruben Loftus-CHik yoki Van Ginkelni tayyorlamoqda. Drinkuoter esa "CHelsi"dan ketadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика