"CHelsi" va "Manchester Yunayted" "Borussiya D" darvozaboniga ko'z tikdi
14 mar 2023 19:17
Yangiliklar
"CHelsi" va "Manchester Yunayted" "Borussiya D" darvozaboniga ko'z tikdi
Angliya Premer-ligasi klublari Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Gregor Kobelga qiziqish bildirmoqda.
Buni "Sport1" jurnalisti Patrik Berger malum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, har ikki klub vakillari futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni olib borishgan. SHu bilan birga, "Borussiya" 25 yoshli shveycariyalikni sotmoqchi emas, futbolchining o'zi esa yana kamida bir mavsumni Germaniya jamoasida o'tkazishni istamoqda.
Kobel 2021 yilning iyul oyida "SHtutgart"dan Dortmundning "Borussiya"siga ko'chib o'tgan. Darvozabon 2022/23 yilgi mavsum 25 ta uchrashuvda 22 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi.
Transfermarkt portali darvozabonning narxini 25 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar