"CHelsi" Obameyyang bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
22 mar 2023 12:50
Yangiliklar
"CHelsi" Obameyyang bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
Londonning "CHelsi" klubi gabonlik forvard Per-Emerik Obameyang bilan kelishuvni bekor qilmoqchi.
Bunga futbolchi o'tgan hafta dam olish kunlari klubdagilarni ogohlantirmasdan Barselonaga borib kelgani sabab sifatida keltirilmoqda.
Avvalroq, futbolchi "El Klasiko"ni stadiondan tomosha qilgani, final hushtagidan keyin esa "Barsa" kiyinish xonasiga kirib, sobiq jamoadoshlarini tabriklagani xabar qilingandi.
"CHelsi" rahbariyatiga Obameyangning bunday harakatlari maqul kelmagan. Endi klub 33 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatish haqida jiddiy bosh qotirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar