"CHelsi" Gavi bilan uchrashuv o'tkazdi
11 apr 2023 17:37
Yangiliklar
"CHelsi" Gavi bilan uchrashuv o'tkazdi
"CHelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Gavi transferi uchun harakat qilmoqda.
AS nashri xabariga ko'ra, "nafaqaxo'rlar" futbolchining o'zi bilan o'tish masalasini muhokama qilishgan. Manbaga ko'ra, uchrashuv ancha muvaffaqiyatli o'tgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" Gavi bilan yangi shartnomani rasmiylashtira olmagani futbolchining "Kamp Nou"dagi kelajagini xavf ostiga qo'ygandi. "CHelsi" yarim himoyachiga anchadan beri ko'z tikib kelmoqda, biroq uning Kataloniya jamoasi bilan bitimni uzaytirishi "ko'klar"ni kelishuvdan qaytishga majbur qildi.
Gavi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 1 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 18 yoshli yarim himoyachi "Golden Boy" mukofotining amaldagi sohibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar