"CHelsi" "Fulxem" futbolchisini Mauntga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
21 mar 2023 12:12
Yangiliklar
"CHelsi" "Fulxem" futbolchisini Mauntga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
"Fulxem" yarim himoyachisi Andreas Pereyra "CHelsi"ga o'tishi mumkin.
Bu haqda "ESPN" yozmoqda.
Manbaga ko'ra, "CHelsi" 27 yoshli braziliyalik futbolchini Meyson Mauntning o'rnini bosa oladigan futbolchi sifatida ko'ryapti.
Oldinroq "CHelsi" Maunt bilan yozda xayrlashishga tayyorligi, chunki ular ingliz futbolchisi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani haqida xabar berilgandi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
"Fulxem" Pereyrani o'tgan yozda "Manchester Yunayted"dan sotib olgandi. Xavbek joriy mavsum APLda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi hamda 6 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 16 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar