"CHelsi" Fofana transferi borasida yakuniy qarorga keldi
16 avg 2022 20:32
Yangiliklar
"CHelsi" Fofana transferi borasida yakuniy qarorga keldi
"Aristokratlar" "Lester" himoyachisi bo'yicha bir qarorga kelishdi.
"The Guardian" jurnalisti Jeykob SHtaynbergning takidlashicha, London klubi "tulkilar" Uesli Fofana transferi uchun talab qilgan summani to'laydi.
Qayd etilishicha, transfer summasi taxminan 95 million evroni tashkil qiladi. SHu tariqa, Fofana futbol tarixidagi eng qimmat markaziy himoyachilar reestrida niderlandiyalik Virjil van Deykni ortda qoldirib ketadi.
Fofana "Lester" rahbariyatidan uni "CHelsi"ga qo'yib yuborishni so'radi. Franciyalik futbolchining fikricha, klub uning qiymatini asossiz ravishda oshirib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Fofana 2021 yil "Lester" bilan Angliya Kubogi sohibi bo'lib, finalda aynan "CHelsi"ni mag'lub etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar