So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

"Championat.asia" guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Championat.asia" guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi

Bugun OAV kuni munosabati bilan o'tkazilinayotgan turnirning guruh o'yinlari yakuniga etdi.

"Marifat" gazetasi vakillariga qarshi kechgan o'yinda jamoamiz 6:0 hisobda g'alaba qozondi. Birinchi turda ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz malum sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan edi. Bular, Miraziz Murotov va Behzod Nazarov. SHu boisdan ilk o'yinda o'yinimiz yaxshi chiqmagan, aksiga olib raqib ochiqchasiga bizni mensimay, "shu ham jamoa bo'ldimi, bularni yutib tashlash kerak", degan fikrni aytgan edi. Sanoqli tashkilotlargina haqiqatdan ham jurnalist bo'lgan hodimlar bilan musobaqada qatnashyapti. 12ta jamoadan 6-7tasida "jurnalistlar" to'p tepyati.




Qizig'i shundaki, biz raqibni 5ta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchratsakgina guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritar edik. Aftidan "SHarq Ziyokori" bunday bo'lishini kutmadi shekili, "V" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadigan jamoa ishtirokidagi o'yinni tomosha qildilar. Boisi, "A" guruhi g'olibi, "V" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi maydonga tushar edi. Yakunda o'sha jamoa biz bo'ldik. 




"SA" tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan: Nodirxo'ja Yuldashev, Behzod Nazarov, Bahodir Mirzaev, Aleksey Grigorev, Tolibjon Qosimov, Narzulla Saydullaev, SHahboz Beg'amov, Kamoliddin Alimov, Jasur Aslanov, Miraziz Murotov.

Murabbiy: "YA" va "G'" licenziyalari sohibi Xayrulla Xoliqov.

"A" guruhi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:
21.06.2014
"SHarq Ziyokori" - "Marifat" 6:1
22.06.2014
"Championat.asia" - "SHarq Ziyokori" 3:3
23.06.2014
"Championat.asia" - "Marifat" 6:0

Qolgan guruhdagi o'yinlar natijasi bilan tanishing: 


"B" guruhi:
"Sport" gazetasi - "O'zA" 5:2
"Vatanparvar" - "Sport" gazetasi 2:8
"O'zA" - "Vatanparvar" 6:4

"C" guruhi:
"Adolat" - "O'z MAA" 3:12
"Xalq So'zi" - "Adolat" 6:4
"O'z MAA" - "Xalq So'zi" 4:2

"D" guruhi:
"MTRK" - "Turkiston" 3:0
"O'zbekiston TV" - "MTRK" 0:7
"Turkiston" - "O'zbekiston TV" 0:3




1/4 final:

"Championat.asia" - "O'zA"
"Sport" gazetasi - "SHarq Ziyokori"
"MTRK" - "Xalq So'zi"
"O'zbekiston TV" - "O'z MAA"


Foto: Hasan Pirmuhamedov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика