So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

O'zbekiston - "CAFA U-16 Championship" turnir g'olibi! Yangiliklar

O'zbekiston - "CAFA U-16 Championship" turnir g'olibi!

Bugun "CAFA U-16 Championship" turnirining 3-turi doirasida O'zbekiston termasi Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.

O'yinning onlayn hisobini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

Uchrashuv 42 gradus issiqlikda davom etmoqda. O'yinning dastlabki 10 daqiqasida tomonlar golga tortadigan vaziyatlar yarata olishmadi.

Nihoyat gol urildi. 37-daqiqada Ruslan Roziev raqibning bir necha himoyachisini aldab o'tgan holda darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi, 0:1. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat edi bu.

Birinchi bo'lim ushbu hisobda yakunlandi.

56-daqiqada hisob 0:2 ko'rinishiga keldi. Burchakdan uzatilgan to'pni yana Roziev darvozaga joylab qo'ydi.

76-daqiqada hisob qisqardi. Umedjon Ramazonov vaziyatdan unumli foydalandi.

85-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov katta sahnaga chiqdi. U posbon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va posbonni aldab o'tib, gol urishga erishdi, 1:3.

Bugungi uchrashuvni bevosita "Lokomotiv" stadionidan 349 tomoshabin kuzatib borayotgani malum qilindi.

Uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi. SHu orqali O'zbekiston terma jamoasi turnir g'olibiga aylandi.

16:45 - Tojikiston U-16 - O'zbekiston U-16 1:3. 349 tomoshabin

Hakamlar: 
Meder Taichiev, Kanat Mirsabekov, Eldos Mirzabekov (uchalasi Qirg'iziston), Jasur Muxtorov (O'zbekiston)
Komissar: Islomov Davlatmand (Tojikiston)
Nazoratchi: Qodirbek CHinnibekov (Qirg'iziston)

Gol: Ruslan Roziev (37, 0:1), Ruslan Roziev (56, 0:2), Umedjon Ramazonov (76, 1:2), Jasurbek Jaloliddinov (85, 1:3).

Tojikiston U-16: 16.Azizjon G'oibov, 2.Abdurauf Mehruboni, 3.Jamshid Sattorov, 4.Jamshidjon Oqilov (19.Dovud Hakimov, 87), 9.Murodali Aknazarov, 12.Zuhriddin Fuzaylov, 14.Alisher Rahimov, 17.Alinur Niyozbekov, 18.Umedjon Ramazonov, 20.SHerzod Dadaboev, 21.Faizidin Nazarov (6.Mizrob Usmonov, 55).
Zaxira: 1.Firuz Nazarov, 5.Firuzjon Bobonazarov, 8.Farhod Boboxonov, 13.Inoyatullo SHahriyori, 15.Muhammadjon Rizomov.

O'zbekiston U-16: 12.Mo'minmirzo Qodirov, 4.Sardor Abdurashidxo'jaev (3.Foziljon Pirimqulov, 90+2), 6.Diyorbek Rahimqulov (2.Alibek Davronov, 90+1), 7.Temur Mamasidiqov, 8.Mironshoh Sattorov, 9.Igor CHikrizov, 10.Jasurbek Jaloliddinov, 11.Ruslan Roziev, 14.Daniyor Sabirov, 15.Muhammadyusuf Nasirov (5.Xurshid Ubaydullaev, 46), 20.Azizbek Hafizov.
Zaxira: 21.Hamidullo Abdunabiev, 16.Farruhbek Muhtorov, 17.Husain Norchaev, 18.Xushnazar Xushnazarov.

Ogohlantirish: Mironshoh Sattorov (51), Alinur Niyozbekov (83).

CHetlatish: Zuhriddin Fuzaylov (60), Xurshid Ubaydullaev (86).

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика