So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

"CA TV". Mirjalol Qosimov: “Maqsad bitta – BAA termasini mag'lub etish” Yangiliklar

"CA TV". Mirjalol Qosimov: “Maqsad bitta – BAA termasini mag'lub etish”

5 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda BAA termasini qabul qiladi.
Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi doirasida o'tkaziladigan mazkur bahs ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lmoqda. To'g'ri, biz qita chempionati yo'llanmasini naqd qilib qo'yganmiz, shunga qaramay, BAAni o'z maydonimizda mag'lub etmasak bo'lmaydi.

Birinchidan, raqib oxirgi yillarda ancha kuchaydi va ularni mag'lub etish muxlislarimizning terma jamoaga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi. Ikkinchidan, safarda bo'lib o'tgan bahsda biz ularga imkoniyatni boy bergandik, shu bois o'sha mag'lubiyat alamini olishimiz kerak.





Terma jamoamiz 27 fevraldan tayyorgarlikni boshladi. 28 fevral kungi mashg'ulotga borib, futbolchilarning xatti-harakatini kuzatdik va mashg'ulot yakuniga etgach, terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.

- Mirjalol Qo'shoqovich, tayyorgarlik xususida to'xtalib o'tsangiz?
- Rejaga ko'ra BAA terma jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvga 27 fevraldan tayyorgarlikni boshladik. Bugun yig'inimizga Sanjar Tursunov bilan SHavkat Mullajonov kelib qo'shildi. Hozircha 13 nafar futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. To'liq tarkib bilan faqat 2 martdan boshlab shug'ullanishimiz mumkin.
 
- Tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Birgina yo'qotish bor. Egor Krimec jarohat olgani tufayli bu o'yinga kelmaydigan bo'ldi.

- Demak, to'liq tarkib bilan uch kun mashg'ulot o'tkazamiz. Bu etarli bo'ladimi?
- Hozircha boshqa ilojimiz yo'q. Biz imkoniyat darajasida ish olib boryapmiz.
 
- Bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan futbolchilar holati to'g'risida nima deya olasiz?

- Nima deyishim mumkin, faqat Aziz Haydarov etarli darajada o'yin amaliyotiga ega. CHunki u BAA chempionatida muntazam maydonga tushib kelmoqda. Boshqalar uchun esa mavsum endi boshlanyapti, shu bois hammani to'liq optimal formada deyish mushkul.

- Malumki, biz ham, raqib ham Osiyo chempionati yo'llanmasini hal qilib bo'lgan. SHunday ekan, bu to'qnashuv siz uchun qanday ahamiyatga ega bo'ladi?
- Milliy terma jamoa uchun har bir o'yin muhim hisoblanadi. To'g'ri, biz vazifani hal qilib bo'lganmiz, lekin baribir navbatdagi bahsga jiddiy qarayapmiz. Maqsad bitta – BAA termasini mag'lub etish.

- O'rtoqlik uchrashuvisiz bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish xalaqit bermasmikin?
- Albatta, xalaqit beradi. Ammo hozircha shundan boshqa ilojimiz yo'q. O'rtoqlik uchrashuvini 2 mart kuni o'tkazishimiz mumkin edi, biroq faqat shu kuni to'liq tarkib yig'ilishini hisobga olsak, o'rtoqlik bahsida o'zimiz ko'zlagan ishni amalga oshira olmasdik.
 
- 25 may kuni milliy terma jamoamizning o'rtoqlik uchrashuvi bor ekan. SHu rostmi?

- Taqvimda shu kuni terma jamoaning o'yin o'tkazish sanasi ko'rsatib o'tilgan, ammo hozircha raqib nomi malum emas. Katta ehtimol bilan nazorat bellashuvi Toshkentda bo'ladi.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика