So’nggi yangiliklar

16:02Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   21 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6

Byudjet va maoshlar: kimda qanday? Yangiliklar

Byudjet va maoshlar: kimda qanday?

O'zbek futbolidagi eng sirli holatlardan biri klublar byudjeti va futbolchilarning maoshlari hisoblanadi.
CHunki hech qaerda bular haqida rasmiy axborot mavjud emas. To'g'ri, “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Tohir Kapadze yaqinda “championat.asia” saytiga bergan intervyusida o'yinchilarning maoshi va mukofot pullari qancha ekanligini yashirib o'tirmadi. Ayniqsa, oliy ligaga qiziqqan muxlislar uchun bunday malumotga ega bo'lish armon bo'lib qolishda davom etmoqda.

Klublar har qancha malumotlarni sir tutishgani bilan OFK hamisha bu raqamlardan xabardor bo'ladi. CHunki OFK talabiga ko'ra, har yili barcha klublar audit tekshiruvi natijalari va boshqa moliyaviy hisobotlarni taqdim etishlari shart. Biroq shunday axborot haligacha nima sababli OAV va bu orqali ishqibozlarga etkazilmasligi tushunarsiz. Futbolga muxlislar tashrifi ozaydi deb, shikoyat qiladigan rahbarlar aslida ishqibozlarga zarur malumotlarni o'zlari bera olmayotganini tushunib o'tirishmaydi. CHunki buning uchun zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lish, o'z ustida ishlash lozim. Eng qizig'i, oliy liganing deyarli barcha jamoasi yillik byudjetini hukumat belgilab bergan homiylardan olishadi. Demak, qaysidir zavod yoki kompaniyaning pullari hisobiga kun kechirishadi. Ajratib berilgan byudjetning summasini aytish nega mumkin emasligi tushunarsiz. Klublar o'zlari pul ishlab topganda ham mayli edi. Kamiga o'zlarini professional futbol jamoasi sifatida etirof etib o'tishadi.

Oliy ligada klublarning o'rtacha byudjeti 10-15 milliard so'm atrofida bo'lishi haqida malumotlarga egamiz. “Andijon”ning bu yilgi byudjeti 6 milliard so'm ekanligi haqida jamoa yig'ilishida aytib o'tilibdi. Bizda klublarda pulni behuda sarflash bor. Agar aql bilan yondoshilsa, bemalol shu pulga ham kurashuvchan jamoa tuzish mumkin. O'tgan yili “Guliston” 2 milliardga ham etmaydigan mablag' bilan oliy ligada qatnashgani to'g'risida axborot tarqalgandi. Demak, 6 milliard so'mga hech kimga shunchaki imkoniyatni boy berib qo'ymaydigan jamoani shakllantirsa bo'ladi. Faqat buning uchun har bir o'ringa o'z ishini yaxshi biladiganlarni taklif qilish lozim. CHempionat etakchilari qatorida kelayotgan “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf”da byudjet boshqalarnikidan yuqoriroq. Lekin bu har yili o'zgarib turadi. Qaysidir mavsum uchun ko'proq pul berilsa, keyingi yil bu miqdor ozayishi mumkin. Ko'proq o'zi transferlardan pul ishlab topadigan “Paxtakor” byudjetining katta miqdordagi mablag'dan iborat ekanligi bilan maqtana olmaydi. Faqat jamoada ishlash tizimi to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Oliy ligada eng kamida 10 jamoa toshkentliklardan ko'proq pul ishlatadi. Biroq pulni to'g'ri sarflashni bilish ham asosiy omillardan biridir.

Futbolchilarning oylik maoshi va mukofot pullari haqida gap ketganda aytishimiz mumkinki, ular moliyaviy jihatdan juda yaxshi holatda. Har holda, bu erda topayotgan pullari Italiya yoki Ispaniyaning birinchi divizionida o'ynayotgan futbolchilarning aksariyatidan ko'proq. Yoki AQSH futbol ligasida ham mahalliy futbolchilar 5-10 ming AQSH dollariga to'p tepishadi. O'yin shiddati va saviyasi o'rtasidagi farq esa juda sezilarli. O'yinchilarimiz Evropaning quyi birinchiliklari yoki o'rtamiyona chempionatlariga intilishmaydi. CHunki o'sha pulni shu erda ham topib yurishibdi. Arab mamlakatlarining takliflari qiziqroq biz uchun. CHunki u erda oyiga hech bo'lmaganda 30-50 ming AQSH dollari maosh olish imkoniyati bor. Xitoyda ham hozir klublar moliyaviy tarafdan baquvvat. SHuningdek, Qozog'istonda xorijlik futbolchilarga yaxshi haq to'lanadi. Legionerlarimizning asosan arab davlatlari, Xitoy va Qozog'istonga intilayotgani sababi ham shunda. Oliy ligamizda etakchi klublardagi tajribali futbolchilar va jamoa etakchilari bir oyda 20 million so'mdan ko'proq pul ishlab topishadi. Bu miqdor ikki baravar ko'proq raqamdan iborat bo'lishi ham mumkin (mukofot pullari bilan). O'rtamiyona jamoalarda esa oylik maoshlar 2-6 million so'm atrofida, har bir o'yin uchun mukofot puli miqdori 3-7 million so'm. Oyiga 2 uchrashuvda zafar quchilgan taqdirda 8-15 million so'm mablag' cho'ntakka kiradi. Tan oling, bu juda katta summa. Ehtimol, shu tufayli aksariyat iqtidorli futbolchilarimiz yuqori saviyada o'ynamasdan turib, o'smaydigan holatga tushib qolishyapti.

Byudjetni taqqoslash uchun futbolda bizga o'xshash imkoniyatlarga ega Eronda har bir klub o'rtacha 10-15 million AQSH dollari miqdorida summaga ega ekan. U erda ham davlatning yirik kompaniyalari jamoalarga homiylik qiladi. Oxirgi yillarda “Sepaxon” va “Fulad”da moliyaviy imkoniyatlar yaxshilangani bois bu klublar etakchilar qatoriga qo'shilishdi. Yana bir holat: Eronda klublar deyarli teng miqdorda byudjetga ega. Bu esa kimning qanday saviyada ishlayotganini ko'rsatadi. Futbolchilarning yillik ish haqlari o'rtacha 200-500 ming AQSH dollariga teng.

Qozog'istonda legionerlarga katta miqdorda maosh to'lashadi. Tojikistonda esa eng yaxshi futbolchilar 5 ming dollargacha ishlab topishlari mumkin ekan. 1200-5000 ming dollar miqdorida eng yaxshi xorijlik o'yinchilarga maosh to'lanishi haqida malumotga ega bo'ldik. Darvoqe, Bolqon davlatlarida ham maosh katta emas. Masalan, “Xayduk”da o'ynayotgan Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiyaga saviyasini o'stirish uchun yo'l oldi deyish mumkin. CHunki u erda Temurxo'ja o'zimizda topganidan bir necha baravar ko'p ishlab topmaydi. Lekin bizga u kabi saviya uchun puldan voz kechadigan futbolchilar etishmayapti. Xorijdan takliflar to'g'risida gap ochilganda futbolchilar bu erdagidan 4 baravar ko'p maosh va eng yuqori sharoitlar haqida o'ylashni boshlashadi. Biroq hamisha ham bunday bo'lavermaydi. Yuqori sharoitga ega bo'lish uchun dastlab mehnat qilish, o'z ustida ishlash talab etiladi. Bizda buni darhol talab qilishadi.

Byudjet va maoshlar masalasi oliy ligada “o'ta muhim va sirli” holatda qolib ketishi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Lekin Evropada har qanday malumotni topa oladigan muxlislar qiziqishini ham o'sha futbolga qaratib bo'lganini anglab etish uchun klub rahbarlariga qisqa vaqt kifoya. Lekin o'sha vaqt qachon kelishini ularning o'zi biladi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика