"Buxoro" tarkibini moldovalik futbolchi bilan kuchaytirdi
15 fev 2023 19:35
Yangiliklar
"Buxoro" tarkibini moldovalik futbolchi bilan kuchaytirdi
Yangi mavsum Superligada ishtirok etadigan "Buxoro" klubi tarkibini legioner futbolchi bilan kuchaytirdi.
"Buxoro" o'z safiga yana bir legioner futbolchi Vsevolod Nixaevni qo'shib oldi. Nixaev 1999 yilning 4 may kuni Moldova Respublikasida tavvallud topgan.
Futbolchilik faoliyatini "SHerif" akademiyasida boshlagan Nixaev Qozog'istonning "Okjetpes", Rossiyaning "Akron" jamoalarida ham to'p tepishga ulgurgan. O'tgan mavsumni esa u Moldovaning "Milsami" jamoasida o'tkazdi. "Buxoro" hujumkor yarim himoyachi bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar