So’nggi yangiliklar

22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  3 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  4 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  28 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1

"Buxoro" qarzlaridan qutilyapti Yangiliklar

"Buxoro" qarzlaridan qutilyapti

Teglar :  "Buxoro"
Buxoroda futbolni yaxshi ko'rishadi.

Oy oxirida viloyatga katta futbol qaytishi elon qilindi. SHu tufayli jamoaning ayni paytdagi holati to'g'risida malumot berishni lozim topdik.

Bir paytlar O'zbekiston chempionatida medallar uchun kurashgan jamoa ayni paytda quyi ligada elita yo'llanmasi uchun mujodala qilyapti. Oliy liganing 2016 yilgi mavsumida 4-bo'lgan "Buxoro" nega 4 yildan keyin Pro ligaga ravona bo'ldi?

Bu savolga qisqa va lo'nda qilib javob bersa bo'ladi: "Buxoro" klubi yillar davomida jamoa kelajagidan o'z manfaatlarini ustun ko'radigan kishilar qo'lida bo'lib keldi. Bunga yorqin misol sifatida Usmon Toshevni ko'rsatishimiz mumkin. "Nurashfon"ning oldingi darajasini tiklash uchun" kelgan mutaxassis 5 mlrd qarzi bor jamoada o'ziga-o'zi 85 mln so'm miqdorida oylik maosh belgilab olgan edi. Undan oldin esa qarindoshlarini klub tizimiga olib kirib, ular bilan uzoq yillik shartnoma imzolash orqali jamoa byudjetini "emib" kelgan kishilarni ham ko'rdik...

Mayli, u kunlar ortda qoldi. Jamoa, nihoyat, to'g'ri odamlar qo'liga o'tgan ko'rinadi. Har holda dekabr-aprel oralig'i shunday taassurot qoldirdi. Xo'sh, bu muddat ichida O'tkir Qodirov boshchiligidagi rahbariyat qanday yumushlarni bajardi?

Avvalo, 2019 yilning dekabr oyidan beri rasmiy o'yin o'tkazilmayotgan "Buxoro" sport-majmuasi yaxshi holatga keltirildi. Mazkur arena 25 aprelga qadar tayyor bo'lishi aytilmoqda. SHuningdek, bu stadion O'zbekiston kubogi finalini ham qo'lga kiritdi. 

SHuningdek, eski qarzlarni yopish masalasida jonbozlik ko'rsatilmoqda. Aniqroq aytilsa, o'tgan yilning dekabr oyida "Buxoro" futbol klubining elkasida 5,5 mlrd qarzdorlik bor edi. Ayni paytga kelib bu raqam 2 mlrd.ga qisqardi.

3,5 mlrd mablag' orqali qaysi qarzlar qoplandi? Birinchi navbatda "Buxoro"ni oldingi darajasiga qaytarish uchun kelgan Usmon Toshev rozi qilindi. Keyin u klubga olib kelgan Baxtiyor Dadamatov hamda Daler Qayosovlarga pul to'landi (255 mln so'm). Darvozabonlar murabbiyi Alisher To'ychiev esa FIFA orqali 2025 yilga qadar mo'ljallangan maoshini (593 mln so'm) talab qildi. Mazkur mutaxassis bilan uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kamroq mablag' evaziga kelishuvga erishildi.

Futbolchilar Tohir Malado'stov, Rahat Japarov va Marko Milich oldidagi qarzlarni to'lagan klub transfer taqiqidan qutulib qoldi.

FIFAga 2019 yildan beri qolib kelayotgan 2000 frank miqdoridagi jarima to'lab berildi.

Eski rahbarlar davrida jamoa istiqomat qilgan mehmonxonlar oldidagi 700 mln so'm to'landi.

Oziq-ovqat uchun qarzdorlik bartaraf qilindi, ayollar jamoasiga to'lanmagan 6 oylik maosh etkazildi. Klub ishchi-xodimlarining maoshidan qolib ketgan 8 oylik qarzlar uzildi.

Bu borada Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda jamoa bosh homiysi BNQIZ rahbari Akbar Fozilov klubga ulkan ko'mak berishyapti. 

Ayni paytda faqat mahalliy o'yinchilar oldidagi qarzlar saqlanib qolgan. Rahbariyat ulardan imkon qadar tez qutulishga vada berdi. 

P.s. Oxirgi 4 oyda amalga oshirilgan ishlar "Buxoro" boshqaruviga, nihoyat, viloyat futboli uchun joni achiydigan insonlar kelganini ko'rsatmoqda. Ko'z tegmasin...

Faxriddin tayyorladi

mutolaa uchun: Toshkent va Qarshi. O'yinlar kelishilganmidi? 

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика