So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

“Buxoro” – “Lokomotiv” 2:3. O'tgan yilgi o'yinni yodga olamiz Yangiliklar

“Buxoro” – “Lokomotiv” 2:3. O'tgan yilgi o'yinni yodga olamiz

Teglar :  LokomotivBuxoro
Bugun “Lokomotiv” safarda “Buxoro” mehmoni bo'ladi. Uchrashuv markaziy stadionda soat 17:00da start oladi.

O'tgan yil Buxoro shahrida kechgan bahsda “temiryo'lchilar” 3:2 hisobida g'alaba qozonishgan. Umid qilamizki, bu gal ham omad “Loko” tomonida bo'ladi.

Quyida o'tgan yilgi o'yinni fotosuratlari bilan yodga olamiz. Vadim Agishev boshqarib borgan bellashuvda dastlab 7-daqiqadayoq Oleg Zoteev hisobni ochadi. 33-daqiqaga mezbonlar hisobni tenglashtirishadi. J.Ubaydullaev gol muallifi bo'ladi. Oradan 6 daqiqa o'tib Lutfulla To'raev uzoqdan zarba bergan holda juda chiroyli gol muallifiga aylanadi – 1:2.

Birinchi taym oxirlarida hakam “Loko” darvozasi tomon penalti belgilaydi. Va 11 metrlik jarima zarbasini Suhrob Nematov aniq amalga oshiradi. Tanaffusga jamoalar 2:2 hisobi bilan yo'l olishadi.

Ikkinchi taymning dastlabki 15 daqiqasi ortda qolgan bir paytda, yani 60-daqiqada katta Jasur Hasanov o'ng qanotdan chiroyli reyd uyushtiradi va jarima maydonchasiga kirmasdan to'pga burama zarba bergan holda mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqadi. Goldan so'ng oradan ikki daqiqa o'tib “Buxoro” futbolchisi Jamshid Hasanov qizil kartochka oladi va mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishadi.

85-daqada esa “Lokomotiv” darvozaboni Mamur Ikromovga qizil kartochka ko'rsatiladi. Bu paytga kelib “temiryo'lchilar” tarkibida uchta o'zgarish amalga oshirilgan bo'lib, darvozani majburan himoyachi Islom To'xtaxo'jaev egallaydi. O'yin tugashiga qo'shimcha daqiqalar bilan chamasi 8 daqiqa qolgandi. Darvozabon qo'lqoplarini kiygan To'xtaxo'jaev darvozada ham chakki emasligini ko'rsatadi. U ikki bor aniq tepilgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ladi.

Natijada ham qiziq, ham shiddatli kechgan uchrashuvda “Loko” 3:2 hisobida g'alaba qozonadi. O'yin qahramonlaridan biri esa shubhasiz Islom To'xtaxo'jaev bo'ladi. Ammo bu himoyachi bugungi bahsda ishtirok eta olmaydi. Sababi Islomning oliy ligada sariq kartochkalari soni to'rttaga etgan va u navbatdagi turni o'tkazib yuboradi.

UCHRASHUV QAYDNOMASI
Oliy liga-2015. 11-tur. 31 may


Buxoro (Buxoro) – Lokomotiv (Toshkent) – 2:3. 8721 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent) – 8,5, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,8, R. SHoyaxmetov (Toshkent) – 8,8, N. Qosimov (Qarshi) – 9
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
PFL vakili: B. Mametov.

Buxoro:
21. F. Turdaliev
3. S. Akbarov
5. V. Kravchesku
7. S. Nematov (6. E. Kochnev, 77)
8. V. Plamadela
14. V. Ponamarev
16. J. Hasanov
17. O. Narzullaev
18. D. Abibullaev (15. R. Aslanov, 60)
19. J. Ubaydullaev
20. I. Xoliqov (11. O. Isroilov, 70)

Zaxira: 12. A. Korneychuk, 23. B. Xaushi, 39. B. Narzullaev, 44. T. Turdiev.

Lokomotiv:
12. M. Ikromov
3. SH. Mullajonov
10. M. Bikmaev (7. R. Koryan, 77)
11. T. Abduxoliqov (77. J. O. Hasanov, 44)
13. L. To'raev
16. J. J. Hasanov
18. T. Kapadze
20. I. To'xtaxo'jaev
22. S. SHoahmedov
31. N. Yanichich
33. O. Zoteev (28. I. Alibaev, 56)

Zaxira: 1. I. Nesterov, 8. S. Mirzaev, 17. S. Mustafoev, 24. I. Rahimov.

Gollar: J. Ubaydullaev (33), S. Nematov (45+2, penalti) – O. Zoteev (7), L. To'raev (39), J. O. Hasanov (60).
Ogohlantirish: J. Hasanov (54) – N. Yanichich (45+1), M. Bikmaev (50), L. To'raev (83).
CHetlatish: J. Xasanov (62) – M. Ikromov (85).
Eng yaxshi o'yinchilar: F. Turdaliev – J. O. Hasanov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика