So’nggi yangiliklar

17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   0 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  2 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  0 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  3 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  3 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1 13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  4 11:35Родри яна жароҳат олди  5 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   2 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0

"Buxoro" ikkinchi o'rinda. Jamoa bunga qanday erishdi? Yangiliklar

"Buxoro" ikkinchi o'rinda. Jamoa bunga qanday erishdi?

Teglar :  BuxoroOliy liga
Oliy ligada 18-tur o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Lokomotiv" 42 ochko bilan birinchi o'rinda ketmoqda. Ikkinchi o'ringa esa "Buxoro" 30 ochko bilan ko'tarilib oldi. Buxoroliklarga bu turda "Nasaf" bilan "Qo'qon-1912"ning mag'lubiyati qo'l keldi. 

Ulug'bek Baqoev bilan Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi jamoa bu safar Toshkentda "Obod" mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Natijada jamoa o'z hisobidagi ochkolar sonini 30taga etkazib oldi. 

"Buxoro" birinchi davrani yaxshi tugatib, ikkinchi davrani ham ko'ngildagidek boshladi. Jamoa birinchi davraning oxirgi ikki bahsini g'alaba bilan tugatdi. Uyda "Bunyodkor", safarda "So'g'diyona" mag'lub etildi. SHuningdek, ikkinchi davra samarali start oldi. Hozircha uchta o'yinda maydonga tushgan buxoroliklar etti ochko jamg'arishdi va buni Ulug'bek Baqoev yaxshi baholadi. 

Umuman olganda jamoa oxirgi beshta o'yinning to'rttasida zafar quchib, bir marta durang o'ynadi. Jamoa hali mag'lub bo'lgani yo'q va bu ham "Buxoro"ning shashti baland ekanini ko'rsatadi. Kecha bo'lib o'tgan "Obod" - "Buxoro" bahsidan keyin Ulug'bek Baqoevdan "Buxoro" bu yil kuchli uchlikka kira oladimi?" deb so'raganimizda jamoa bosh murabbiyi shunday javob qaytardi: 

- "Hozircha bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Lekin har bir bahsda faqat g'alaba uchun kurashyapmiz. Mavsum oxirida ko'ramiz, nechanchi o'rinda bo'lishimizni. Hozirda har bir raqibni hurmat qilgan holda maydonga chiqyapmiz". 

Keling, shu o'rinda turma tur "Buxoro"ning qaysi o'rinlarda bo'lganini keltirib o'tamiz. 

1-turdan keyin: 6
2-turdan keyin: 7
3-turdan keyin: 10
4-turdan keyin: 8
5-turdan keyin: 7
6-turdan keyin: 8
7-turdan keyin: 8
8-turdan keyin: 7
9-turdan keyin: 4
10-turdan keyin: 4
11-turdan keyin: 4
12-turdan keyin: 8
13-turdan keyin: 10
14-turdan keyin: 6
15-turdan keyin: 6
16-turdan keyin: 6
17-turdan keyin: 5
18-turdan keyin: 2

Ko'rib turganingizdek, "Buxoro" bu yil hisobidan birinchi marta ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoaning bungacha eng yuqori o'rni to'rtinchi pog'ona bo'lgandi. Bunda albatta murabbiylar shtabining mehnati yotadi. "Buxoro" hozirgi o'rnida yana qancha vaqt tura oladi, jamoa yana pastlab ketmasmikin, buni endi vaqt ko'rsatadi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика