Rasman: MYU Sheshkoni "Leypcig"dan 76,5+8,5 mln evroga sotib oldi
09 avg 14:54
Yangiliklar


Rasman: MYU Sheshkoni "Leypcig"dan 76,5+8,5 mln evroga sotib oldi
Benyamin Sheshko "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
22 yoshli hujumchi mankunianliklar bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"RB Leypcig" bilan kelishuv summasi 76,5 mln evroni tashkil etishi, yana 8,5 mln evro bonus sifatida to'lanishi mumkinligi xabar qilingan.
Avvalroq, nemis klubi ham "Nyukasl"ning 82,5+2,5 mln evrolik taklifini qabul qilgan, ammo futbolchining o'zi Manchester jamoasiga o'tishni maqul ko'rgandi.
Benyamin Bundesliganing o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda 13 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Men. Seskoni austriyada uynagan paytlaridan beri kuzatardim vaxtida Sulsher olib kelmoqchi edi lekin Myu rahbariyati qayoqdagi qora yaloqga 50mln tuladiyu lekin seskoni 20mln qimmat deb olmagandi