So’nggi yangiliklar

11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  5 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   4 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  5 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1

"Buxoro" - "Bunyodkor". Alisher Rustamov, Aleksandr Xomyakov, Nikolay Minchev, Hasan Ro'ziev, Marat Miftaxutdinov va boshqalar texnik zonaga qo'yilmaydi Yangiliklar

"Buxoro" - "Bunyodkor". Alisher Rustamov, Aleksandr Xomyakov, Nikolay Minchev, Hasan Ro'ziev, Marat Miftaxutdinov va boshqalar texnik zonaga qo'yilmaydi

Teglar :  Buxoro Bunyodkor
Bugun “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasida Coca Cola Superliganing 9-turidan qoldirilgan o'yin bo'lib o'tadi.

Professional futbol mashg'ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to'g'risida ishlab chiqilgan vaqtinchalik sanittariya-gigiena qoida va meyorlarining 4.1 bandiga asosan klublar har bir uchrashuv uchun 35 kishidan ko'p bo'lmagan ishtirok etuvchilar ro'yxatini taqdim etadi. “Buxoro” va “Bunyodkor” ham bugungi bahsda ishtirok etuvchi futbolchi, murabbiy hamda rahbariyatdan iborat personallar ro'yxatini taqdim qildi. O'zPFL Komissiyasi mazkur ro'yxatni o'rganib chiqqach, har ikki klub ro'yxatida reglamentda ko'rsatilganidek zaruriy PZR testini topshirmagan ayrim shaxslar bor ekani malum bo'ldi.

Jumladan, “Buxoro”ning bugungi bahsda ishtirok etuvchilardan iborat ro'yxatiga Alisher Rustamov (bosh direktor), Aleksandr Xomyakov (konsultant murabbiy), Nikolay Minchev (texnik direktor), Hasan Ro'ziev (bosh direktor o'rinbosari sifatida ko'rsatilgan, ammo O'zPFL ro'yxatidan o'tmagan), Avgustin Kirice (murabbiy), Nodir Jo'raev (murabbiy), Farrux Mirzaahmedov (marketolog), Ilhom Umurov (mamur), Oybek Jumanazarov (matbuot kotibi), Rajab Avezov (Haydovchi) hamda SHohjahon Nasimov (futbolchi)lar kiritilgan.

“Bunyodkor”ning xuddi shunday ro'yxatidan esa Marat Miftaxutdinov (katta murabbiy), Rodion Sarichev (massajchi), Botir Parpiev (katta mamur), Adham Akbarov (haydovchi) va Asadjon Azimjonov (futbolchi) o'rin olgan.

Reglamentga ko'ra, belgilangan testlarni topshirib, shifokorlardan ijobiy xulosa olmagan har qanday shaxs o'yin vaqtida texnik hududdan o'rin olishi, hatto jamoa avtobusiga qo'yilishi mumkin emas. SHu boisdan yuqorida ism-familiyasi qayd etilganlar bugungi o'yinda texnik zonaga qo'yilmaydi. Ular PZR testi topshirganini tasdiqlab, test javoblarini O'zPFL Komissiyasiga taqdim qilganidan keyingina kelasi uchrashuvlar vaqtida texnik hududga kirishiga ruxsat beriladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика