Buskets Pikening faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi
04 noy 2022 22:32
Yangiliklar
Buskets Pikening faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoadoshi Jerar Pikening faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Biz uni sog'inamiz. Bundan xafaman, sababi birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. U klub uchun ko'p narsa berdi. "Barsa" himoyasining bir qismi tarixga aylanmoqda", - dedi Buskets.
Eslatib o'tamiz, 3 noyabr kuni Pike “Barselona”dagi futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniya klubida himoyachi 14 yil davomida 8 marta Ispaniya chempioni, 7 marta Ispaniya kubogi va 6 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 3 marta CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar