Buskets: "Bizni oldinda 7 ta final kutmoqda"
19 apr 2022 20:50
Yangiliklar
Buskets: "Bizni oldinda 7 ta final kutmoqda"
"Barselona" sardori va yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 32-turi doirasidagi "Kadis"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) va mavsum yakuni xususida gapirdi.
"Biz o'yinni yaxshi boshlay olmadik, so'nggi pas va iroda etishmadi. Garchi raqib bizga qarshi shaxsiy qo'riqlash sxemasini qo'llagan bo'lsa-da, ikkinchi taymda o'yinimizni yaxshiladik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ortga qayta olmadik.
Ammo oldinda hali ettita final bor va biz keyingi o'yindan boshlab barcha o'yinlarda, xususan, keyingi qiyin raqib "Sosedad"ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak.
Holatimizni yaxshilashimiz kerak va ozgina omad ham zarar qilmaydi. Ishga kirishish, videolarni ko'rib chiqish vaqti keldi... Qo'limizdan kelganini qilishimiz shart", – dedi tajribali futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar