So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  5 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  22 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  225 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

“Bunyodkor”ning jarohat olgan o'yinchilari qachon safga qaytadi? Yangiliklar

“Bunyodkor”ning jarohat olgan o'yinchilari qachon safga qaytadi?

"Bunyodkor” kecha Osiyo chempionlar ligasida qiyin bellashuvni o'tkazdi va bir amallab “Al Fath” ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Bu o'yinda jarohat tufayli Sardor Rashidov, Karles Koto, Bobir Akbarov, Anvar G'ofurov singari futbolchilar maydonga tushishmadi.

To'g'ri, Anvar G'ofurov zaxiradagilar ro'yxatiga kiritildi, ammo unda ham jarohat bor bo'lib, futbolchi chigalyozdi mashqlarida o'zini ko'p urintirmadi. “Bunyodkor” futbol klubi shifokori Qahramon Nurmuhammedov bilan bog'lanib, jarohat olgan o'yinchilarning qachon safga qaytishi borasida so'raganimizda shunday javobni oldik.

“Karles Koto jarohatidan qutulib, alohida yugurishni boshladi. Lekin u hali umumiy guruhga qo'shilgani yo'q. Sardor Rashidov safarda “Dinamo” bilan kechgan o'yinda jarohat olgandi, shu bois uyda “Lokomotiv”ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Unga uyiga borib dam olib kelishi uchun murabbiylar javob berishgandi, yarim himoyachi ertaga qaytib keladi. Keyin esa yugurishni boshlaydi. Anvar G'ofurov bilan Bobir Akbarovning jarohati esa u qadar jiddiy emas. Ular engil mashqlar orqali o'z formalarini tiklab olishyapti”  - deydi “Bunyodkor” shifokori.

Malumki, kelasi haftaning chorshanba kuni “Bunyodkor” safarda “Al Jaish”ga qarshi o'ta muhim bellashuvda maydonga tushadi. Bu o'yinda istalgan hisobdagi g'alaba toshkentliklarni OCHLning keyingi bosqichiga olib chiqadi. SHuni hisobga olib, “Bunyodkor” o'zining to'liq tarkibida Qatarga yo'l oladigan bo'lsa, ijobiy natijadan umid qilish mumkin.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика