So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  12

“Bunyodkor”ning BAA, “Al-Jazira”ning O'zbekiston klublari bilan o'zaro o'yinlari Yangiliklar

“Bunyodkor”ning BAA, “Al-Jazira”ning O'zbekiston klublari bilan o'zaro o'yinlari

17 fevral kuni Toshkentda “Bunyodkor” va “Al-Jazira” klublari guruh bosqichiga chiqish uchun kuch sinashishadi.
Etiboringizga “Bunyodkor”ning Birlashgan Arab Amirliklari, “Al-Jazira”ning esa O'zbekiston klublari bilan o'zaro o'yinlari natijalarini keltirib o'tmoqchimiz.

“Qaldirg'ochlar” bungacha BAA klublari bilan qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo CHempionlar ligasi bahslari doirasida olti bor ro'baro' kelishgan. SHularning 3tasida g'alaba, 2tasida durang qayd etishgan. Bir o'yinda esa imkoniyat boy berilgan. To'plar farqi – 10:6, “Bunyodkor” foydasiga.

02.03.2011
Guruh bosqichi. 1-tur
“Al-Vahda” – “Bunyodkor” 1:1 (0:0)
Gollar:
Haydarov 85 (0:1), Xugo (88)

03.05.2011
Guruh bosqichi. 5-tur
“Bunyodkor” – “Al-Vahda” 3:2 (2:1)
Gollar:
Matar 2 (0:1), Trifunovich 11 (1:1), Trifunovich 35 (2:1), Xugo 54 penalti (2:2), Soliev 85 (3:2)

09.03.2010
Guruh bosqichi. 2-tur
“Al-Vahda” – “Bunyodkor” 1:2 (0:1)
Gollar:
Denilson 37 (0:1), Denilson 85 (0:2), Al-Xuzayra 89 (1:2)

28.04.2010
Guruh bosqichi. 6-tur
“Bunyodkor” – “Al-Vahda” 4:1 (2:0)
Gollar:
Rivaldo 28 (1:0), Denilson 31 (2:0), Denilson 57 (3:0), Haydarov 79 (4:0), Razzaq 90 (4:1)

18.03.2009
Guruh bosqichi. 2-tur
“Al-SHabab” – “Bunyodkor” 2:0 (2:0)
Gollar:
Obaid 3(1:0), Mguni 39 (2:0)

19.05.2009
Guruh bosqichi. 6-tur
“Bunyodkor” – “Al-SHabab” 0:0


“O'rgimchaklar” laqabi bilan nom qozongan Abu-Dabining “Al-Jazira” jamoasi bungacha Osiyo CHempionlar ligasida olti mavsum ishtirok etgan bo'lsa-da, faqatgina 2012 yilda O'zbekiston klubi bilan to'qnash kelgan. O'sha yili “Al-Jazira” jamoasi bilan Qarshining “Nasaf” klubi guruh bosqichida kuch sinashgan edi. Etiborlisi, har ikkala uchrashuvda ham “Al-Jazira” g'olib chiqqan. Qarshida 4:2, Abu-Dabida 4:1.

07.03.2012
Guruh bosqichi. 1-tur
“Nasaf” – “Al-Jazira” 2:4 (2:0)
Gollar:
Musaev 2 (1:0), Rabi 18 avtogol (2:0), Abdulloh 39 (2:1), Musa 68 (2:2), Bare 75 (2:3), Oliveyra 88 (2:4)

02.05.2012
Guruh bosqichi. 5-tur
“Al-Jazira” – “Nasaf” 4:1 (4:0)
Gollar:
Bare 6 (1:0), Oliveyra 14 penalti (2:0), Oliveyra 33 (3:0), Oliveyra 42 penalti (4:0), SHomurodov 69 (4:1)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика