So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  28 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  53 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  229 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Bunyodkor": Xurshid G'iyosov va boshqa debyutlar Yangiliklar

"Bunyodkor": Xurshid G'iyosov va boshqa debyutlar

Oliy liga 25-turi doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi vodiyda “Andijon” klubi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda Sergey Lushan shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinning 81-daqiqasida “qaldirg'ochlar” tarkibida Dostonbek Hamdamov o'rniga Xurshid G'iyosov maydonga tushirildi. Myanma mamlakatida o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi bo'lgan G'iyosov “Andijon”ga qarshi bahsda o'zining oliy ligadagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. 1995 yilda tavallud topgan yarim himoyachining keyingi faoliyati ham yanada yorqin davom etishini tilab qolamiz.

Takidlash joizki, 2007 yildan buyon oliy ligada ishtirok etayotgan “Bunyodkor” jamoasi safida elitada o'z debyutini nishonlagan futbolchilar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Xurshid G'iyosov ushbu ro'yxatdan 21-futbolchi sifatida o'rin egalladi.

Joriy mavsumda “Bunyodkor” safida oliy ligada debyut qilgan futbolchilar oltitani tashkil etdi. Bular: Xurshid G'iyosov, Nuriddin Hasanov, Akramjon Komilov, Zabixillo O'rinboev, Dostonbek Hamdamov va Temur Ayupov. SHuningdek, bu yil “Bunyodkor” safida Osiyo CHempionlar ligasi bahslarida Mirjamol Qosimov (24.09.1995) va Hasan Asqarov (17.04.1994) debyut uchrashuvini o'tkazishdi. Bir yilda eng ko'p debyutantlar ko'rsatkichi bo'yicha 2014 yil alohida o'rin tutmoqda.

Umuman olganda, “Bunyodkor” safida oliy ligada debyut qilgan eng yosh futbolchi haqida gap ketganda Miraziz Jalolovni qayd etish joiz. U 2007 yil “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushganida 15 yoshu 312 kunlik edi.

Quyidagi jadvalda “Bunyodkor” safida O'zbekiston chempionatida debyut qilgan mahalliy futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin.


#

Futbolchi

Yoshi

Yil. Uchrashuv

Daqiqa

1

Xurshid G'iyosov

13.04.1995

2014. Andijon – Bunyodkor 0:2

9

2

Nuriddin Hasanov

20.07.1994

2014. Bunyodkor – Buxoro 5:0

68

3

Akramjon Komilov

14.03.1996

2014. Qizilqum – Bunyodkor 0:2

90

4

Zabixillo O'rinboev

30.03.1995

2014. Qizilqum – Bunyodkor 0:2

40

5

Dostonbek Hamdamov

24.07.1996

2014. Qizilqum – Bunyodkor 0:2

27

6

Temur Ayupov

28.03.1993

2014. So'g'diyona – Bunyodkor 0:2

28

7

Sardor Sobirxo'jaev

06.11.1994

2013. Bunyodkor – Olmaliq 4:1

9

8

Alibobo Rahmatullaev

08.02.1991

2012. Andijon – Bunyodkor 0:2

20

9

Akbar To'raev

27.08.1989

2012. Bunyodkor – Qizilqum 3:0

15

10

Dilshod Jo'raev

21.04.1992

2011. Bunyodkor – So'g'diyona 1:0

32

11

Rasuljon SHuhratov

08.08.1992

2010. Qizilqum – Bunyodkor 1:0

9

12

Kamoliddin Tojiboev

19.01.1990

2009. Bunyodkor – Navbahor 6:0

17

13

Sanjar To'raqulov

09.03.1989

2009. Bunyodkor – Dinamo 2:0

23

14

Maruf Ahmadjonov

22.09.1988

2008. SHo'rtan – Bunyodkor 0:1

30

15

Miraziz Jalolov

22.02.1992

2007. Bunyodkor – Metallurg 1:2

45

16

Dmitriy Kuzin

11.07.1991

2007. Bunyodkor – To'palang 4:1

17

17

Muxiddin Xudoyorov

05.11.1990

2007. Metallurg – Bunyodkor 2:1

90

18

Abduqahhor Xojiakbarov

18.07.1989

2007. Bunyodkor – Metallurg 1:2

34

19

Mirg'olib Raimov

02.10.1987

2007. Bunyodkor – Navbahor 3:1

3

20

Ernest Sedko

16.04.1987

2007. Mashal – Bunyodkor 0:1

13

21

Farruh Miryunusov

12.08.1987

2007. Bunyodkor – Metallurg 1:2

90

P.S. Maqolada mahalliy futbolchilar ko'zda tutilgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика