So’nggi yangiliklar

03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

"Bunyodkor" ustozi: "Hozir hamma hissiyotga berilgan" Yangiliklar

"Bunyodkor" ustozi: "Hozir hamma hissiyotga berilgan"

"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz.

- Hammaga rahmat. O'yinga kelsak, oxirigacha jangovar o'yin bo'ldi. Uchrashuv so'ngida durangga erishdik. "Nasaf" futbolchilari ancha vaqtdan beri shakllangan. Bir tomondan, shunday o'yinlar ko'p bo'lsa, chempionatimiz saviyasi yuqori bo'ladi. "Nasaf"ga ham, o'zimizning yigitlarga ham katta rahmat. 


- O'yin oxirida futbolchilarning hissiyotlarga berilib ketishdi, buni qanday izohlaysiz?

- O'yin so'ngida bo'lgan jarayonlarda endi ko'rib chiqamiz. Hozir hamma hissiyotga berilgan. Biz o'sha vaziyat sodir bo'lgan joyda emasdik. Buni ko'rib chiqamiz. Bir tomonlama xulosa chiqarish noto'g'ri. SHu sababli, aniq nimadir deya olmayman. 


- Hakamlik borasidagi fikrlaringiz.

- Men hakam emasman. Ularning nazoratchilari, komissiyasi bor. Agar futbolchi yoki o'yin haqida savol bersangiz, bemalol javob beraman. Lekin hakamlar haqida gapirmoqchi emasman.


- Tarkibda yosh o'yinchilar ko'p. Ularga akalik qilib, murabbiy sifatida saboq bermaganmisiz?

- Jamoaga maslahat beryapmiz. Sizning akangiz maslahat bersa, shu narsani qilasizmi. Yigitlar ham shunaqa. Ularning xarakteri turlicha. Biri mo'min bo'lsa, ikkinchisi sho'x. 


- Jamoa ikkinchi raqam sifatida ko'p g'alabalarga erishgan. Bugun esa gol va chetlatishdan so'ng birinchi raqamli bo'lib o'ynashda qiynaldi. 

- Biz jamoaga qarab moslashamiz. Qachondir birinchi, qachondir ikkinchi raqam sifatida o'ynaymiz. Foydasi tegmasa, uslubni o'zgartiramiz. SHu o'yinda ham taktikani ikkinchi bo'limda o'zgartirdik. 


- Bugun "Bunyodkor" bir ochko qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdimi qizil kartochkadan keyin.

- Qizil kartochka meniki emas. Ikki ochko yo'qotgan bo'lishimiz ham mumkin, bir ochko olgan bo'lishimiz ham mumkin.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика