So’nggi yangiliklar

22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  8 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 20:20"Арсенал" — "Лидс". Таркиблар маълум  4 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  61 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  1 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  42 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  1

“Bunyodkor” Turkiyada Jazoir chempioni bilan durang o'ynadi Yangiliklar

“Bunyodkor” Turkiyada Jazoir chempioni bilan durang o'ynadi

O'zbekiston va Jazoirning amaldagi chempionlari o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi.
Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 17 iyul kuni Jazoirning amaldagi chempioni – “USMA Jazoir” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga rozi bo'lishdi. O'yinning sakkizinchi daqiqasida Sardor Rashidov o'zining individual mahoratini ishga solib, “qaldirg'ochlar”ni hisobda oldinga olib chiquvchi golga mualliflik qildi. Biroq birinchi bo'lim oxirlab borayotgan pallada jazoirliklar javob to'pini kiritishdi.

Umuman olganda, davralar oralig'ida Sergey Lushan asosiy tarkibga jalb etmoqchi bo'lgan yosh futbolchilarni ushbu bahs orqali sinovdan o'tkazib oldi. SHuningdek, jamoada ko'rikdan o'tayotgan futbolchilarni ham maydonga tushirib, ular haqidagi amaliy tasavvurlarga ega bo'ldi.

O'rtoqlik uchrashuvi
“Bunyodkor” – “USMA Jazoir” 1:1 (1:1)
Gollar
: Sardor Rashidov 8 (1:0), Jalit 40 (1:1)
“Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev, 15.Islom Inomov, 18.Ivan Miloshevich, 3.SHukurali Po'latov, 26.Javlon Mirabdullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 28.Dostonbek Hamdamov, 14.Vohid SHodiev, 10.Anvar Berdiev, 21.Sardor Rashidov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 8.Javlon Ibroximov, 54.Temur Ayupov, 11.Oleksandr Pishur, 9.Minori Sato, 19.Zabixillo O'rinboev, 48.Akramjon Komilov, 4.Xayrulla Karimov, 2.Akmal SHorahmedov
17 iyul, payshanba. Istanbul
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика