So’nggi yangiliklar

14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  1 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  5 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  47

“Bunyodkor”: Qo'qonlik muxlislarga tashakkur! Yangiliklar

“Bunyodkor”: Qo'qonlik muxlislarga tashakkur!

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 8-turini Qo'qonda o'tkazdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan “Qo'qon-1912” - “Bunyodkor” uchrashuvida Eldor SHomurodov va SHahzodbek Nurmatov tomonidan kiritilgan gollar “qaldirg'ochlar”ga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

9 may kuni bo'lib o'tgan mazkur bahsda har ikkala jamoa azolari stadionga yig'ilgan ko'p ming sonli tomoshabinlar uchun chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi. Bahs davomida futbolchilar tomonidan ijro etilgan har bir chiroyli harakat va uyushtirilgan kombinaciyalarni muxlislar olqishlab turishdi. “Bunyodkor” vakillari gol kiritgan vaziyatlarda ham ishqibozlar maydondagi chiroyli harakatlarni beetibor qoldirishmadi. Uchrashuv yakuniga etgach esa qo'qonlik futbol ixlosmandlari “qaldirg'ochlar”ni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi. Bir kun avval yoshlar ligasi doirasida ushbu jamoalar vakillari ishtirokida uchrashuvda ham shu kabi holatga shohid bo'lgan edik.

Bunday ajoyib muhitda to'p tepish har bir futbolchiga zavq bag'ishlashi shubhasiz. Yuksak madaniyat va tartibli ravishda muxlislik qilgan, eng asosiysi, chiroyli futbolni qadrlab, futbolchilarni olqishlar bilan kuzatib qo'ygan qo'qonlik muxlislarga “Bunyodkor” futbol klubi minnatdorchilik izhor qiladi.

“Bunyodkor” - muxlislar uchun o'ynaydi!”

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика