So’nggi yangiliklar

19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1

"Bunyodkor" qiziqayotganini men ham eshitdim. O'zimga hech qanday taklif bo'lmadi. "Nasaf" bilan esa 2 yillik shartnomam bor - Abduvohid Nematov mish-mishlarga oydinlik kiritdi Yangiliklar

"Bunyodkor" qiziqayotganini men ham eshitdim. O'zimga hech qanday taklif bo'lmadi. "Nasaf" bilan esa 2 yillik shartnomam bor - Abduvohid Nematov mish-mishlarga oydinlik kiritdi

So'nggi vaqtlarda "Nasaf" futbolchilarining "Bunyodkor"ga o'tishi haqida turli xabarlar bong uryapti.

Abduvohid Nematov va Abubakr Rizo Turdalievning xizmatiga poytaxt klubi qiziqmoqda ostida saytimizda ham xabar chop etgan edik. Aslida vaziyat qanday? Abduvohid Nematov Championat.asia jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda shu va boshqa savollarga javob berdi. 

"Bunyodkor" "Nasaf"ning ikki futbolchisiga qiziqyapti


— Xudo xohlasa fevral oyida "Al SHabab"ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Murabbiylarimizning kerakli ko'rsatmalari asosida tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Albatta, "Bunyodkor" qiziqayotganini uzoqdan eshitdim. Lekin shaxsan o'zimga hech qanday taklif bo'lgani yo'q. "Nasaf" bilan esa 2 yillik shartnomam bor. Hozirgi vaqtda faqat OCHL haqida o'ylamoqdaman. Boshqacha bo'lishi mumkinmas.



Nima uchundir hamon "Nasaf" futbolchilarini yosh deyish tinayotgani yo'q. Hozirgi futbolchilar asosiy tarkibda debyut qilganiga 3-4 yil bo'lmoqda. Ular terma jamoalar, OCHL va ko'plab xalqro o'yinlarda toblanishdi. Abduvohid Nematov bu borada quyidagicha javob berdi. 

— To'g'ri anchagina ulg'aydik. Qaysidir manoda o'sishga erishdik, deya olaman. Tajriba to'plamoqdamiz. OCHL, terma jamoa o'yinlari bizga ishonch berishi kerak. Anu shu tajriba ostida yildan-yilga yaxshilanishimiz lozim.

"Nasaf"ga chempionlik yo'lida uyda yo'qotilgan qimmatli ochkolar pand berdi. Odatda jamoalar safarga qaraganda o'z maydonida ishonchli harakat qilishiga guvoh bo'lamiz. "Ajdarlar"da buning aksi kuzatildi. Xo'sh, ular orasida qaysi biri eng alamlisi sifatida yodda qoldi...

— Qarshida raqiblarimiz bilan aksariyat hollarda murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'ldik.  Ajratish noo'rin, deb bilaman. Ochko yo'qotdikmi, demak hammasi alamli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика