So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

"Bunyodkor" qishda Turkiya, yozda Xorvatiyada yig'in o'tkazadi" - Ulug'bek Mirzaev Yangiliklar

"Bunyodkor" qishda Turkiya, yozda Xorvatiyada yig'in o'tkazadi" - Ulug'bek Mirzaev

Xabaringiz bor, so'nggi vaqtlarda "Bunyodkor"ning aksariyat futbolchilari boshqa jamoalarga yo'l olayotgani haqida xabarlar yangramoqda.

O'z-o'zidan bunday holat turli shubhalarni keltirib chiqaradi. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga yuzlandik. Suhbat jarayonida jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi va yig'inlar haqida ham savollar bilan yuzlandik. 

-  "Bunyodkor" jamoasini bir qator etakchi futbolchilar tark etmoqda. Balki klubda moliyaviy muammolar bordir? Dastlab mazkur savolga atroflicha javob berib o'tsangiz...

- Ushbu savolga javobim quyidagicha. Yo'q, "Bunyodkor" futbol klubida moliyaviy holat barqaror, deb ayta olaman. Katta muammolarimiz yo'q. To'g'ri, futbolchilar oldida oyliklar borasida qarzimiz bor. Menimcha bu narsa hamma jamoalarda bor. Lekin bizning qarzdorliklarimiz katta emas. 

- Odatda "Bunyodkor" bir yilda bir marotaba bo'lsa ham xorijda yig'in o'tkazardi. O'tgan yili esa Farg'onadagi "Hokim kubogi" musobaqasi bilan cheklanildi...

- Yuqoridagi javobning davomi sifatida shuni aytishim mumkinki, moliyaviy holatimiz barqarorligini yana bir narsa bilan isbotlagan bo'lardim. Jamoamiz fevral oyida Turkiyada ikki haftalik yig'inni o'tkazadigan bo'ldi. Ushbu masalani bugun klubimiz prezidenti uchrashuvda tasdiqlab berdilar. Bilasizki 2021 yilda na qishda, na yozda xorijga chiqa olmagan edik. Xudo xohlasa joriy mavsumda buni amalga oshiradigan bo'ldik. Yozgi tanaffus vaqtida esa Xorvatiyaga boramiz. Bu Xorvatiyalik hamkorlarimiz bilan amalga oshadigan narsa. Yani "Bunyodkor" faqat yo'l xarajatlarini to'laydi. Qolgan tashkiliy xarajatlar xorvatiyalik hamkorlarimiz tomonidan bo'ladi. Klubimizning marketing yo'nalishidagi muvaffaqiyatli ishi, deb bemalol ayta olaman. 

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi qanday?  

- 5 yanvar sanasidan boshlab yig'inga kirishamiz. Bu oyda tarkib shakllantiriladi. Hozir aytib o'tganimdek fevral oyida ikki haftalik Turkiya yig'inini olib boramiz. CHempionat startiga esa o'zimizda mashg'ulotlar davom etadi. Turkiyadagi yig'inda o'yinni yaxshilash ustida ish olib boramiz. SHu bois bir nechta yaxshi saviyadagi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishimiz ko'zda tutilgan. 

- Tarkib haqida haqida aytib o'tdingiz. Klub ketgan futbolchilarning o'rnini qanday to'ldirishni rejalashtirmoqda?

- Klubimiz prezidenti bilan uchrashuvda ketgan futbolchilarning o'rnini to'ldirish alohida muhokama qilindi. Bu borada Mehriddin Razzoqovich ko'rsatmalarni berdilar. Tarkib 3-4 nafar saviyali futbolchilar bilan boyitiladi. Avvalo o'zimizning chempionatdan qaraymiz. Keyin esa xorijdan yaxshi saviyadagi legionerlar tanlovini ko'rib chiqamiz. SHuningdek o'rinbosarlar, U-18, "Bunyodkor-farm" jamoalaridan ham yosh iqtidorlarni jalb qilishni maqsad qildik.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика