So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  32 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida “Anji”dan ustun keldi Yangiliklar

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida “Anji”dan ustun keldi

Teglar :  BunyodkorAnji
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi SHarja yig'ini doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvini Mahachqalaning “Anji” klubiga qarshi o'tkazdi.

“Qaldirg'ochlar” Rossiya premer-ligasi ishtirokchisiga qarshi bahsni hujumkor ruhda boshlashdi. Uyushtirilgan ketma-ket hujumlar 8-daqiqada o'z samarasini berdi. Futbol maktabimiz tarbiyalanuvchisi Sanjar Qodirqulov o'ng qanotdan ikki futbolchini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirar-kirmas “Anji” darvozasining yaqin pastki burchagini aniq nishonga oldi – 1:0. Bo'lim o'rtalarida “Anji” hujumchisi Islomnur Abdulavov qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan Akbar To'raev qo'riqlagan darvozaga yo'llab, o'rtadagi muvozanatni tikladi. 36-daqiqada Sanjar Qodirqulov o'ng qanotda judayam faol harakat qildi. U raqibning bir necha futbolchilarini aldab o'tib, to'pni hujumchilarga etkazdi. “Anji” darvozasi yaqinida SHahzodbek Nurmatov to'pni egallab olib, deyarli birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol qildi – 2:1. Birinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi.

Tanaffusda har ikkala jamoa murabbiylari deyarli to'liq tarkibni almashtirishdi. SHunga qaramasdan, ikkinchi 45 daqiqalikda ham hujumkor o'yin sifati saqlanib qolindi. 68-daqiqada Serder Serderovning faolligi evaziga Yannik Bolli yakkama-yakka holatga chiqarildi. Hujumchi bunday vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi – 2:2. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotganida Zabihillo O'rinboev “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Xurshid G'iyosov tomonidan uzatilgan to'pni O'rinboev boshi bilan “Anji” darvozasiga joylab qo'ydi – 3:2.

SHu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig'ini doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida Rossiya premer ligasi vakili Mahachqalaning “Anji” klubini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “ANJI” (Rossiya) 3:2 (2:1)
Gollar: Sanjar Qodirqulov 8 (1:0), Islomnur Abdulavov 23 (1:1), SHahzodbek Nurmatov 36 (2:1), Yannik Boli 68 (2:2), Zabihillo O'rinboev 90+2 (3:2)
“Bunyodkor” 1-taym: 45.Akbar To'raev, 15.Dilshodbek Ahmadaliev, 6.Anvar G'ofurov, 22.Rustamjon Ashurmatov, 2.Akmal SHorahmedov, 9.Minori Sato, 17.Sanjar Qodirqulov, 88.Anvar Rajabov, 11.SHahzodbek Nurmatov, 14.Bahodir Nasimov
“Bunyodkor” 2-taym: 25.Murodjon Zuhurov, 29.Xurshid G'iyosov, 40.Islomjon Qobilov, 5.Dilshod Jo'raev, 28.Ergash Ismoilov, 8.Javlon Ibrohimov, 33.Mirjamol Qosimov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 39.Javohir Esonqulov, 77.Viktor Karpenko, 19.Zabihillo O'rinboev
“Anji” 1-taym: 55.Evgeniy Pomazan, 7.Kamil Agalarov, 3.Ali Gadjibekov, 5.Aleksandr Jirov, 13.Rasim Tagirbekov, 77.Georgiy Tigiev, 23.Bernard Berisha, 6.Karlen Mkrtchyan, 20.Amadu Mutari, 37.Batraz Xadarcev, 99.Islamnur Abdulavov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 27.Mexti Djenetov, 61.Anton Belov, 4.Darko Lazich, 2.Andrey Eshhenko, 15.Georgiy Zotov, 57.Magomed Musalov, 30.SHamil Gasanov, 88.Anvar Gazimagomedov, 47.Tamirlan Djamalutdinov, 18.Ivan Maevskiy, 96.Djamal Dibirgadjiev, 28.Serder Serderov, 94.Yannik Boli
Abu-Dabi. “Zayid Sport Siti” majmuasi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика