So’nggi yangiliklar

13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  1 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   4 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  2 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  9 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  2 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  6

"Bunyodkor": Minskdagi 10-kun Yangiliklar

"Bunyodkor": Minskdagi 10-kun

Teglar :  Minsk Bunyodkor
"Bunyodkor"ning Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'ninchi kuni yakunlandi.

O'ninchi kunga kelib yig'in doirasidagi to'rtinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Belorus oliy ligasi vakili «Dnyapro» klubiga qarshi bahs gollarga boy tarzda o'tdi. Raqib ilk daqiqalardanoq katta ishtiyoq bilan hujumga o'tib, hisobni ochdi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng futbolchilarimiz to'p nazoratini qo'lga olishdi va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. "Bunyodkor" hujumlar uyushtirayotgan vaqtda raqib qarshi hujumga o'tdi va hakam bilan tortishuvlarga sabab bo'lgan ikkinchi golni urdi. Himoyachimiz darvozaga ichiga yo'l olayotgan to'pni o'yinga qaytargandi, qanot hakam to'p chiziqni kesib o'tganini ko'rsatdi. Bosh hakam yordamchisining qarorini tasdiqladi. SHundan keyin ustunlik futbolchilarimiz tomoniga o'tdi. Hujumlarning birida himoyachi jarima maydoni ichida Sanjar Rixsiboevni ochiqchasiga qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Biroq uchrashuv hakami penalti belgilashni lozim topmadi. Oradan ko'p o'tmay endi Sanjar Qodirqulov qo'pollik bilan to'xtatildi, bu safar ham hakam nuqtani ko'rsatgani yo'q. Aksiga olib, uyushtirilgan hujumlarning hech biri samara bermadi. Yakuniy zarbalar yo'liga yo darvozabon yoki himoyachilar to'g'anoq bo'laverdi.

Vadim Abramov ikkinchi bo'limni uch o'zgarish bilan boshladi. Maydonga jamoa yig'inida ko'rikdan o'tayotgan uch legioner tushirildi. Ikkinchi bo'lim biz uchun yaxshi boshlangan ediku, ammo uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. Garchi hisob o'yinga mos bo'lmayotgan bo'lsa-da, futbolchilarimiz ruhan sinmagan holda o'z o'yinlarini namoyish qila boshlashdi. Bu 76-daqiqa kelib o'z samarasini berdi. Ajoyib hujumdan keyin rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy hisobni bittaga qisqartirdi. Oradan bir daqiqa o'tib, hakam birinchi bo'limdagi aybini yuvib, futbolchimizga ishlatilgan qo'pollik uchun mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Muhammad Dialloning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Oradan ko'p o'tmay hakam maydon egalari darvozasiga ikkinchi marta penalti belgiladi. Bu safar endi nuqtaga Anvar G'ofurov yaqinlashdi, biroq darvozabon tajribali himoyachimizning ham zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ammo baribir ikkinchi gol «Dnyapro» darvozasidan joy oldi. Futbolchilarimizning o'ng qanotdan tashkil qilgan hujumini Ostrovskiy yakunlab qo'ydi – 3:2. Afsuski, qolgan daqiqalar hisobni yana o'zgartirishga kamlik qildi.

Aytish kerak, Vadim Abramov kechagi o'yindan farqli ravishda bugun 16 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi. Bugun maydonga tushmagan futbolchilar ertaga bo'lib o'tadigan navbatdagi nazorat o'yinida jamoaga yordam beradi.

NAZORAT UCHRASHUVI
«DNYAPRO» (Belorus) – «BUNYODKOR» - 3:2 (2:0)
«Dnyapro»:
Arsen Beglaryan (Artyom Soroko, 46), Dmitriy Koplunov, Dmitriy Yashin, Egor Xvalko (Nikita Stepanov, 46), Mixail Kolugin (Timofey Lukashevich, 62), Aleksandr Batishev, Maksim SHilo (Yuriy Kozlov, 46), Evgeniy Savickiy, Dmitriy Ignatenko (Roman Gribovskiy, 46), Zoran Marushich (Artyom Koncevoy, 46), Vadim Pobudey.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Ulug'bek Abdullaev (Dmitriy Ostrovskiy, 46), Anvar G'ofurov, Abdulla Abdullaev, Dilshod Ahmadaliev, Lutfulla To'raev, Nurillo To'xtasinov (Javohir Qahramonov, 54), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G'iyosov (Farrux Ikromov, 58), Sanjar Rixsiboev (Evgeniy CHumak, 46), Mirjahon Mirahmadov (Muhammad Diallo, 46).
Gollar: Zoran Marushich, 11 – 1:0. Zoran Marushich, 17 – 2:0. Dmitriy Yashin, 50 – 3:0. Dmitriy Ostrovskiy, 76 – 3:1. Dmitriy Ostrovskiy, 87 – 3:2.
Foydalanilmagan penalti: Muhammad Diallo, 78. Anvar G'ofurov, 83.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика