So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi

Teglar :  Bunyodkor kubogi
Bunyodkor futbol klubi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 27 yilligi munosabati bilan Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasini o'tkazadi.

Xabaringiz bor, Yurtboshimizning «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni loyihasi jamoatchilikka elon qilinganiga ko'p bo'lgani yo'q. Mazkur farmonda bolalar futboliga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish bo'yicha alohida bandlar ishlab chiqilgan. «Bunyodkor» futbol klubi davlatimiz rahbarining farmonini hayotga tatbiq etish maqsadida bolalar futboliga etiborni yanada ijobiy tarafga o'zgartirish yo'lidan bormoqda. Akademiyamiz jamoalarining turli musobaqalarda qayd etayotgan natijalari, bosh jamoamizning o'zagini asosan tarbiyalanuvchilarimiz tashkil qilishi to'g'ri yo'lda ekanligimizni anglatadi.

SHu vaqtgacha tarbiyalanuvchilarimiz uzoq-yaqin davlatlarda tashkil qilingan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelardi. Endi tarbiyalanuvchilarimiz «Bunyodkor» futbol klubi mezbonlik qiladigan xalqaro musobaqada qatnashadi. 16ta jamoa qatnashadigan «Bunyodkor Kubogi»ning geografiyasi keng olindi. Nafaqat poytaxt jamoalari, balki Respublikamizning turli hududlarida tarbiya topayotgan bolalar ham musobaqamiz mehmoni bo'ladi. Qolaversa, qo'shni Qozog'istonning to'rt jamoasini beshta tarkibi «Bunyodkor Kubogi»ning ilk sohibi bo'lish uchun kurash olib boradi.

Musobaqa 4-8 dekabr kunlari «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tadi. Qozog'iston jamoalari bugun yurtimizga etib keladi va o'zlari uchun ajratilgan mehmonxonalardan joy oladi. SHuningdek, bugun tushdan so'ng tashkiliy qo'mitaning yig'ilishi o'tkaziladi. Kechki payt esa, jamoalarning rasmiylari ishtirokida yakuniy «mandat komissiyasi» tashkil qilinadi.

"A" guruhi: "Bunyodkor-1" (Toshkent), "Jizzax FA" (Jizzax), "Mersa" (Almati), "Aristan 2" (Almati).
"B" guruhi: "Paxtakor" (Toshkent), "Nasaf" (Qarshi), "GUDYUSSHOR 17" (SHimkent), O'zbekiston U-16 terma jamoasi.
"C" guruhi: "Lokomotiv" (Toshkent), "Sirdaryo" (Sirdaryo), "Bunyodkor 2" (Toshkent), "Aristan 1" (Almati).
"D" guruhi: "Spartak" (Toshkent), "Andijon" (Andijon), "Odil Junior" (Namangan), "SDYUSHOR 8" (Nursulton).


1-tur, 4 dekabr
"Bunyodkor" - "Mersa"
"Jizzax" - "Aristan 2"
"Paxtakor" - "GUDYUSSHOR 17"
"Nasaf" - O'zbekiston U-16
"Lokomotiv" - "Bunyodkor 2"
"Sirdaryo" - "Aristan 1"
"Spartak" - "Odil Junior"
"Andijon" - "SDYUSHOR 8"

2-tur, 5 dekabr
"Bunyodkor" - "Jizzax"
"Mersa" - "Aristan 2"
"Paxtakor" - "Nasaf"
"GUSDYUSSHOR 17" - O'zbekiston U-16
"Lokomotiv" - "Sirdaryo"
"Bunyodkor 2" - "Aristan 1"
"Spartak" - "Andijon"
"Odil Junior" - "SDYUSHOR 8"

3-tur, 6 dekabr

"Bunyodkor 1" - "Aristan 2"
"Jizzax" - "Mersa"
"Paxtakor" - O'zbekiston U-16
"Nasaf" - "GUSDYUSSHOR 17"
"Lokomotiv" - "Aristan 1"
"Sirdaryo" - "Bunyodkor 2"
"Spartak" - "SDYUSHOR 8"
"Andijon" - "Odil Junior"


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика