So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

“Bunyodkor kubogi”-2014. Ishtirokchilar turnir haqida Yangiliklar

“Bunyodkor kubogi”-2014. Ishtirokchilar turnir haqida

24-29 mart kunlari “Bunyodkor” sport majmuasida “Sog'lom bola” yiliga bag'ishlab “Bunyodkor” kubogi-2014” Respublika turniri o'tkazildi.
Bu haqda klub rasmiy saytida batafsil malumot berildi. Bugun esa turnirga tashrif buyurgan ishtirokchilar fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

SHomil Yafarov, Toshkent viloyati futbol federaciyasi Birinchi vice-prezidenti: “Yosh futbolchilar ko'plab musobaqalarda ishtirok etadilar, lekin “Bunyodkor” kubogi–2014” ishtirokchilar xotirasida yorqin iz qoldirishiga ishonaman. Yuksak saviyada tashkil etilgan musobaqa, sifatli maydonlar, ochilish va taqdirlash marosimlarini Bosh stadionda bayramona o'tkazilinishi tahsinga sazovar. Buning uchun “Bunyodkor” FK rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Ushbu turnirda yosh futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishmadi. Lekin biz ananaviy hisoblangan bu turnirda muntazam ishtirok etishni rejalashtirganmiz va kelasi yilning o'zida sovrindorlar qatoridan joy olish uchun intilamiz”.

Vali Keldiev, “Mashal” akademiyasi murabbiyi: “Biz odatda barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashamiz. Bu turnirda 11-o'rinni egalladik xolos. Lekin shogirdlarim uyga xursand holda qaytishmoqda. Sababi, Olimpiadaning azaliy shiori – “Muhimi g'alaba emas, ishtirok etish” iborasi aynan shunday turnirlarga nisbatan qo'llanilinadi. Zamonaviy “Bunyodkor” majmuasiga tashrif buyurish, mashhur insonlar qo'lidan sovg'alar qabul qilib olish imkoniyati har doim ham bo'lavermaydi. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan tengqurlari bilan bellashish ular mahoratini yanada oshiradi. Biz seshanba kuni butun jamoa bo'lib “Fulad” – “Bunyodkor” uchrashuvini tomosha qilamiz va yurtimiz sharafini OCHL da himoya qiladigan yagona jamoamizga ishqibozlik qilamiz”.

Alisher Bozorov, “Lokomotiv” klubi murabbiyi: “Klubimiz qoshida futbol maktabi tashkil etilganiga endi 3 yil bo'ldi. SHunga qaramay, qisqa muddat oralig'ida biz oldinga katta qadam tashladik deb hisoblayman. Bu borada, “Bunyodkor” klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu turnir singari musobaqalar bizga katta yordam beradi. Qoraqalpag'istonliklar ushbu turnirga kela olmasliklari malum bo'lgach, tashkilotchilar bizga taklif bilan chiqishdi va biz uni bajonidil qabul qildik. 3-o'rin uchun bahsda Toshkent terma jamoasiga faqat penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishni yaxshi natija deb hisoblayman. SHogirdlarim butun turnir davomida alo sifatli maydonlarda mazza qilib to'p surishdi va albatta katta tajriba to'plashdi. Bunday imkoniyat yaratib bergani uchun “Bunyodkor” FK rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”.

SHoxruh Nishonov, “O'zDongJu” jamoasi murabbiyi: “Tashkilotchilar har bir viloyatga taklif jo'natishganda, Andijondan viloyat termasi qatnashishi oldindan malum edi. SHunga qaramasdan biz tashkilotchilardan “O'zDongJu” alohida jamoa sifatida ishtirok etishini so'radik va ular iltimosimizni erda qoldirishmagani uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Bunday nufuzli musobaqalarda qatnashib tajriba to'plash ham murabbiylarga, Ham futbolchilarga juda zarur. Turnirning tashkiliy tomonlari haqida alohida gapirmoqchi edim. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam – gap bo'lishi mumkin emas! Tekis maydonlar, turli-tuman sovg'alar va taqdirlash marosimini eng yuksak saviyada o'tkazilishi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. SHogirdlarimdan 4 tasi uyga eng katta sovg'a bilan qaytmoqda. Ular “Bunyodkor” akademiya guruhlari selekcionerlari nazariga tushibdilar va yaqin orada endi doimiy ravishda shu erda tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir hafta oldin esa bu faqat ularning orzusi edi...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика