So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

"Bunyodkor": Koreyadan mehr bilan qaytishdi Yangiliklar

"Bunyodkor": Koreyadan mehr bilan qaytishdi

2014 yilning noyabr oyi millionlar o'yinining sir-asrorlarini “Bunyodkor” futbol maktabida o'rganayotgan bir guruh bolalar va ularning ustozlari xotirasida uzoq saqlanib qolishi shubhasiz.
Buning boisi bor, albatta. 15 yoshli futbolchilarimiz Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan “Ari sports Cup International Youth U-15 Football Tournament” musobaqasida muvaffaqiyat qozonishdi.

Sportchilarimizning Incheondagi bahslarda ishtirok etishiga “Koreya – O'zbekiston do'stlik jamiyati” katta hissa qo'shdi. 25 kishidan iborat delegaciyamizning olis mamlakatga safari bilan bog'liq barcha tashkiliy masalalar yuksak saviyada amalga oshirildi. Janubiy va SHimoliy Koreya sport jamiyati tomonidan uyushtirilgan ushbu turnirda Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan O'zbekiston futbol klubi vakillarining qatnashgani esa bugungi kunda xalqaro arenalarda o'zbek futbolining obro'si tobora oshib borayotganidan dalolatdir.

“Bunyodkor” futbolchilari turnirga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun mezbonlar barcha shart-sharoitni yaratishgani etiborga loyiq.
- Biz mashg'ulotlar o'tkazish barobarida turli shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ko'rdik, mahalliy klublarning muzeylarida bo'lib, ularning tarixi haqida tasavvur hosil qildik. Bolalarda jahon futboli yulduzlarining liboslari, butsilari, dastxatlari, turli kubok, to'p va sovrinlar katta taassurot qoldirdi. Biz murabbiylar bilan muloqotga kirishib, fikr-mulohaza almashdik. Klubimiz medicina xizmati rahbari koreyalik hamkasblari bilan sport medicinasiga oid yangiliklar xususida suhbatlashdi. Koreys klublaridagi tibbiy xizmat tashkil etilishinining o'ziga xos jihatlaridan xabardor bo'ldi, - deydi 15 yoshli futbolchilarimiz bosh murabbiyi Dilmurod Abdullaev.

Turnir ishtirokchilari avvaliga ikki guruhga bo'lingan holda kuch sinashishdi. “Bunyodkor” dastlabki turda Xitoy termasi vakillarini yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarni Jahongir Abdusalomov va Ziyovuddin Ahadov kiritishdi. Har ikkala futbolchimiz raqib darvozasini ikki martadan ishg'ol qilishgani diqqatga sazovor. Ikkinchi turda mahalliy jamoalardan biri “Konvondo” bilan uchrashuvda yigitlarimiz g'alabaga bo'lgan irodani namoyish etishdi. Avvaliga penaltidan to'p o'tkazib yuborishgani va bir kishi kam bo'lib qolishganiga qaramay, o'yinda burilish yasay olishdi. Jahongir Abdusalomov va Abbos Jo'raqulov kiritgan gollar o'zbekistonliklarning muvaffaqiyatini taminladi.

Guruhda birinchi o'rinni egallagan toshkentlik yosh futbolchilar finalda SHimoliy Koreya terma jamoasiga ro'baro' kelishdi. Xalqaro tajribasi ko'proq raqiblar ustunlikka erishgani bois “Bunyodkor” yigitlari kumush medallar va ajoyib kubok bilan qanoatlanishga majbur bo'lishdi.

Mutaxassislar va boshqa jamoalar vakillari o'zbekistonlik futbolchilarning o'yini yoqqanini alohida takidlashdi.

Uyga kumush medallar bilan qaytgan “Bunyodkor” maktabi azolari uchun mazkur turnir xalqaro arenadagi dastlabki yirik musobaqa bo'ldi. Koreyadagi uchrashuvlar “Bunyodkor”ning bo'lajak yulduzlari uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'tashi tabiiy.

O'zaro kelishuvlarga binoan koreyalik yosh futbolchilar Toshkentga tashrif buyurishlari hamda “Bunyodkor” futbol maktabi mehmoni bo'lishlari rejalashtirilmoqda. SHuningdek, o'zbekistonlik sportchilar Koreyadagi navbatdagi shu kabi musobaqalarga taklif etilishi ko'zda tutilmoqda. Bu esa, o'z navbatida, O'zbekiston va Janubiy Koreya xalqlari o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustaxkamlashga hissa qo'shadi.

Yosh futbolchilarimizning bu kabi xalqaro turnirlarda ishtirok etayotgani yurtimizda “Sog'lom bola yili” davlat dasturi doirasida muhim ishlar amalga oshirilayotganining dalilidir.

Mirzahakim To'xtamirzaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика