So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   1 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  5 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  32 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  11 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

Bunyodkor klubi rahbariyatida o'zgarish bo'lgani rasman tasdiqlandi Yangiliklar

Bunyodkor klubi rahbariyatida o'zgarish bo'lgani rasman tasdiqlandi

Kecha saytimizda Bunyodkor klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev ishdan olinganligi, uning o'rniga Ayniddin G'iyosov vaqtincha bosh direktor etib tayinlangani haqida xabar bergandik. Bunyodkor klubi bugun ushbu xabarni tasdiqladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida «Bunyodkor» FK MCHJ ustav kapitalidagi «O'zbekneftgaz» AJ, «O'ztransgaz» AJ, «Gissarneftgaz» MCHJ, «Ko'kdumaloqgaz» MCHJ QQ, «Neftgazmontaj» MCHJlarga tegishli ulushlar topshirish-qabul qilish dalolatnomalarga asosan O'zbekiston Respublikasi  Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilgan.
SHunga ko'ra hamda tasischi o'zgarishi munosabati bilan 2020 yil 7 avgustda «Bunyodkor» FK MCHJ yagona tasischisining qarori qabul qilindi.

«Bunyodkor» FK masuliyati cheklangan jamiyati yagona tasischisining 1-sonli
QARORI


2020 yil 7 avgust Toshkent shahri

Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasi «Masuliyati cheklangan va qo'shimcha masuliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi Qonunning 37-moddasiga asosan quyidagi masalalar yuzasidan qabul qilindi:
1. «Bunyodkor» FK MCHJning direktorini lavozimidan ozod etish to'g'risida.
2. «Bunyodkor» FK MCHJga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash to'g'risida.
3. «Bunyodkor» FK MCHJning yangi tahrirdagi tasis hujjatlarini tasdiqlash.

Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan:
O'zbekiston Respublikasi «Masuliyati cheklangan va qo'shimcha masuliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi Qonunning 30-moddasiga asosan jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish jamiyat ishtirokchilarini umumiy yig'ilishini mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi belgilangan.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-4112-son qaroriga muvofiq xo'jalik jamiyatlarining ijro organi (rahbar va rahbar o'rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinishi belgilangan.

Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan quyidagicha qaror qabul qilindi:
1. «Bunyodkor» FK masuliyati cheklangan jamiyati direktori Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 10 avgustdan bekor qilinsin.
2. «Bunyodkor» FK MCHJda tijorat direktori va licenziyalash bo'yicha menejer lavozimida ishlab kelayotgan Ayniddin Giyasov Kutpiddinovichga «Bunyodkor» FK MCHJning direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin.

O'zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi direktori S.Bekenov

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика