So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  17 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  3 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  59 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

“Bunyodkor-Kids” endi Samarqandda! Yangiliklar

“Bunyodkor-Kids” endi Samarqandda!

“Bunyodkor” futbol klubi va akademiyasi rahbariyatining taklif-tashabbusiga ko'ra shu kunlarda “Bunyodkor-Kids” Samarqand shahrida ham kirib boradi.

“Bunyodkor” futbol klubi davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” qarorini hayotga tatbiq etish yo'lida yana bir qadam tashladi. Xabaringiz bor, uch yil avval Buxoroda “Bunyodkor” akademiyasining “Bunyodkor-Kids” filiali faoliyatini boshlagan edi.  Mahalliy futbol jonkuyarlari Azizbek Jalolov va SHerali Husenovning jonbozligi, mehnatsevarligi o'laroq samarali faoliyat olib borayotgan “Bunyodkor-Kids”da endi samarqandlik iqtidorli bolalar ham millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rganishlari mumkin bo'ladi. Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubi direktori SHerzod Haqberdiev, “Bunyodkor” akademiyasi direktori Bahodir Mahkamov va “Bunyodkor-Kids” Buxoro filiali rasmiylari Azizbek Jalolov hamda SHerali Husenov ishtirokida faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

“Bunyodkor” akademiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega ekanligi bugun hech kimga sir emas. Osiyoning ikki yulduzli akademiyasi nomi ostida faoliyat yuritish yanada masuliyatni talab etadi. “Bunyodkor” akademiyasining Buxoro filiali uch yillik faoliyati davomida viloyatda o'z nomiga ega bo'lib ulgurdi. Bugun “Bunyodkor-Kids” Buxoroda bolalarni katta futbolga etaklaydigan eng yaxshi dargohlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Uch yillik tajriba katta-katta reja va maqsadlar uchun yo'l ochdi. Takidlaganimizdek, “Bunyodkor-Kids” endi Samarqand shahrida ham o'z faoliyatini boshlaydi. “Bunyodkor” futbol klubi va akademiyasi rahbariyatining taklif-tashabbusiga ko'ra shu kunlarda “Bunyodkor-Kids” Samarqand shahrida ham “kirib boradi”.

Uch yil avval erga qadalgan nihol bugun azim daraxtga aylanishni boshladi. SHerzod Murodovich Azizbek Jalolov hamda SHerali Husenovga “Bunyodkor-Kids”ning Buxoro filiali tajribasidan kelib chiqqan holda nafaqat Samarqandda, balki yurtimizning boshqa hududlarida ham “Bunyodkor” akademiyasi filiallarini ochish taklifini berdi. Albatta millionlar o'yinining haqiqiy jonkuyarlari bu taklifni qabul qildi hamda azim shahar Samarqanddan so'ng “Bunyodkor-Kids”ning geografiyasini kengaytirishda davom etishlarini takidlashdi. Tabiiyki, “Bunyodkor” futbol klubi va akademiyasi “Bunyodkor-Kids”ning faoliyati yana kengayishi hamda samarali bo'lishini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика